LOGOTIPE
Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 00:46
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
« Xabarlarga qaytish
"Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvi prevyusi
Superliganing 2-turida muxlislar "Bunyodkor" va "Paxtakor" o'rtasidagi Toshkent derbisiga guvoh bo'lishadi. Toshkentning ikki eng sovrindor jamoasi o'zaro chempionatlar doirasida 22 bor to'qnash kelgan. "Sherlar" 6 bellashuvda zafar quchishgan, 7 o'yinda "Bunyodkor" g'olib chiqqan. 9 uchrashuvda jamoalar durang o'ynashgan.Raqibga qarshi bellashuvlarda "Paxtakor" to'purari Igor Sergeev sanaladi. U 5 gol urishga erishgan. Igor ulardan uchtasini uyda, ikkitasini safarda kiritgan. Aleksandr Geynrix, Stanislav Andreev, Kaxi Maxaradze va Jamshid Iskanderov esa ushbu raqib darvozasini ikki martadan ishg'ol qilishga erishishgan."Bunyodkor" va "Paxtakor" o'rtasidagi 23-to'qnashuv 10 mart, shanba kuni "Bunyodkor" stadionida soat 17:30da boshlanadi.Yoshlar jamoalari o'yini 9 mart, juma kuni "Bunyodkor" akademiyasi maydonida 16:00da boshlanadi.
« Xabarlarga qaytish