Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 19:22
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
« Xabarlarga qaytish
OChL. Server Jeparovning klubi OFKga shikoyat qildi
Hamyurtimiz Server Jeparov to'p surayotgan Eronning "Istiqlol" klubi OFKga malayziyalik hakam ustidan shikoyat xati yozdi. Bunga sabab OChL 3-tur doirasida o'tkazilgan "Al Ayn" - "Istiqlol" bahsini boshqargan Mohd Amirul Izvanning tehronliklar darvozasiga ikki bor penalti qo'ygani bo'ldi.Takroriy vaziyatlar shuni ko'rsatdiki, bu erda malayziyalik referi xatoga yo'l qo'ygan. Uchrashuvda g'olib aniqlanmadi, o'yin 2:2 hisobida yakun topdi. Mazkur bahsda Server Jeparov ham ishtirok etdi. "Istiqlol" g'alaba qozona olmagach, klub OFKga rasmiy shikoyat yo'lladi. Hozircha tashkilotning shikoyatga nima deb javob berishi ma'lum emas.OChL 3-tur yakunlariga ko'ra, "Istiqlol" 5 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilishda davom etmoqda. "Al Ayn" esa 3 ochko bilan uchinchi o'rinda boryapti. 12 mart kuni ushbu jamoalar Tehrondagi "Ozodi" stadionida bahs olib borishadi.
« Xabarlarga qaytish