LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 12:38
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
« Xabarlarga qaytish
Ertaga "Qizilqum" ko'k, "Qo'qon-1912" havorang formada o'ynaydi
Navoiy shahridagi "Zarafshon grand" mehmonxonasida "Qizilqum" va "Qo'qon-1912" jamoalarining rasmiylari va PFL vakillari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda ertaga bo'lib o'tadigan superliga 2-tur doirasidagi "Qizilqum" - "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi o'yinning tashkiliy jixatlari ko'rib chiqildi. Uchrashuv komissari Baxtiyor Namozov jamoalar vakillariga o'yinda bo'ladigan holatlar va  tashkiliy masalalar haqida batafsil tushuncha berdi.Unda jamoalarning uchrashuvda kiyadigan liboslari tasdiqlandi. Unga ko'ra mezbonlar, "Qizilqum" jamoasi to'q-ko'k rang, "Qo'qon-1912" jamoasi esa havorang liboslarda maydonga tushadigan bo'lishdi.
« Xabarlarga qaytish