Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 02:14
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
« Xabarlarga qaytish
Murabbiy, Neymar... PSJning EChLdan chiqib ketish 5 sababi
Kecha PSJ "Real" fonida yomon jamoa emasligi ko'rindi. Ikkinchi bo'limda yaxshi o'yin namoyish etishdi, biroq Emeri jamoasi g'alaba qozona olmadi. Futbolchilar o'z ishiga shunday munosabatda bo'lsalar, EChLni yutishdek qiyin vazifa uddalanarmikin... O'tgan mavsumda ham PSJ grand jamoa emasdi. Neymar va Mbappe transfer qilinganda ham jamoaga chempionlik ruhi singmadi. Nima uchun PSJ EChLdan chiqib ketdi?NEYMAR "OLTIN TO'P"NI ISTAYDIPSJning asosiy muammosi - Neymar individual o'ynashda doimo barqaror emas. Bu gap Ronalduga ham tegishli, biroq ikki etakchi futbolchilarning o'ziga xos xislatlari etarli. Portugaliyalik futbolchi "Oltin to'p"ni yutishi uchun EChLda yana bosh sovrinni olish kerakligini tushunmoqda. Neymarga esa bundan-da ko'prog'i kerak. Krishtianu va Leoning soyasidan chiqish uchun unga PSJning g'alabalari kamlik qiladi. Braziliyalik muhim o'yinlarda gollar urib, qahramon bo'lishi kerak. "Real"ga qarshi dastlabki bahsda to'p bilan kam bo'ldi va darvozaning oldida oldingidek xavfli o'ynay olmadi.Neymar PSJga EChLni yutish uchun borgan. Ko'rinishidan bu unga unchalik muhim emasdek. U dunyoda birinchi raqamli bo'lishni istagan. Neymar masala hal bo'ladigan vaqtlarda har doim to'pni o'zi tepishni istaydi, hattoki sherigi bo'sh darvoza oldida turganida ham. Buni ko'p kuzatganmiz. Bunday munosabat bilan u jamoaning asosiy yulduzi bo'la olmaydi.Neymarning jarohati vaziyatni jiddiy ravishda o'zgartirgani yo'q. Albatta, Kavani va uning boshqa jamoadoshlari doimo Neymarga sog'liq tilab turdi, ammo jamoa vayron bo'ldi. Barcha muxlislar Neymardan aynan EChLda o'zini ko'rsatishini kutishgandi.JAMOADA BIRDAMLIK ETIShMAYaPTIDunyoning yulduz futbolchilari yig'ilgan "Real" katta maqsadlar yo'lida birlasha olmoqda. "Madrid" - "Barselona" emas, bu erda Suares va Messi dam olmayapti. Ronaldu ham ovqat pishirib yoki Beyl bilan basseynda cho'milayotgani yo'q. Ular maydonda jang qilishni biladi. PSJda esa shunday sifatlar etishmayapti.Yulduzlar jamoasida murabbiyning asosiy vazifasi - kollektiv yig'ish. Bunday ishlarni bajarishda Karlo Anchelotti juda mashhur. Italiyalik murabbiy mashg'ulotlarda futbolchilarga katta bosim o'tkazmaydi, shu orqali jamoada yaxshi futbol muhitini shakllantira oladi. "Bavariya"ni bu erdan istisno qilamiz, u bu jamoadan ilk mavsumdayoq ketdi.PSJda esa qattiq mojarolar bor. Neymar va Kavani tezda bir-birini yomon ko'rib qoldi, Draksler, Di Mariya va Pastore ishtiyoqini yo'qotgan, doimiy zaxira o'rindig'ida, Veratti "Barselona"ga ketishi orqasidan klub rahbariyati bilan kelisha olmayapti. Bu sizga yuzaki ko'rinishi mumkin. Faqat eng yaxshilar maydonga tushishadi. Ular vazifalarini o'zlari bajara olishlari kerak.MURABBIY TOP-KLUBGA MUNOSIB EMASUnai Emerini taktikalar ustasi, futbol bilan yashaydigan, har doim sevimli jamoasi uchun qayg'uradigan inson sifatida ta'riflanadi. Yoshlarni shug'ullantirayotganda ular g'alabaga chanqoq bo'lishlari kerak. O'rtacha yoshdagilar esa katta shartnomalar haqida o'ylashadi. Emeri "Valensiya" va "Sevilya"da yaxshi ishladi. U erda o'ziga xos obro'-e'tibor qozondi. O'sha vaqtlarda uning jamoalari top-klublar bilan ko'p ham duch kelmagandi.PSJdagilar jamoada faqatgina Neymar bor deb o'ylamoqda, boshqa yulduzlar esa hisobga olinmayapti. Balki ular sarflangan millionlar haqida o'ylayotgandir...Yakunda Emeri jamoasi "Spartak" darajasiga tushib qoldi, jamoadagi birdamlik yo'qoldi. Bu holat hattoki rossiyalik futbolchilar uchun juda yomondir. Yumshoq xarakter - har doim ham jamoaga kerakli uslub emas.Emeri - yaxshi taktik, biroq uning qarashlari vaziyatlarni hal qila olmayapti. U juda ko'p g'oyalar bilan o'ralashib qolgan. Ko'pchilik Emeri "Real" bilan javob bahsida Mbappening o'rniga Di Mariyaga ishonch bildiradi deb o'ylagandi. Argentinalik futbolchi yaxshi jismoniy holatda edi, Kilian esa oxirgi paytlarda maydonga tushmayotgandi. Balkim murabbiy Anxel va Kilianni bir tarkibda qo'yishni rejalashtirgandir. Bu balkim rahbariyatga yoqqandur.KIMPEMBE, LO ChEL'SO, AREOLA, BERChIChE…Kim ular? PSJ o'zini Evropa chempionlar ligasi turnirining favoriti deb hisoblasa, boshqa top-klublar kabi zaxira o'rindig'ini kuchaytirishi lozim. Agarda "Real"ning o'ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal diskvalifikatsiya qilinadigan bo'lsa, uning o'rnida tajribali Nacho o'ynaydi. PSJda 35 yoshli Tyago Motta jarohat olganidan so'ng o'rniga Lo Chelso maydonga tushirildi, bu uning uchun EChLdagi ilk bahsi bo'ldi. Debyut uchun qulay vaziyat! Alternativ bormidi? Albatta! Yaqindagina amirliklardan borgan Lassana Diarra hisobdan chiqmasin.Shunday dahshatli holat himoyada ham bor. Kimpembe asosiy tarkibda faqatgina bir marta - "Anderlext"ga qarshi o'yinda maydonga tushgandi. Darvozabon esa umuman boshqa tarix. Top-jamoalar bilan o'yinda klub darvozasini shunday posbon qo'riqlasinki, u oddiy paslarda xatolikka yo'l qo'ymasin, zarbalarni qaytarsin. Mbappening zarbasini Navas qanday qilib qaytarganini eslang.PSJDA KIChIK JAMOA MENTALITETI BORParijliklar bir necha yillardan buyon EChLni yutish uchun qattiq harakat qilmoqda. Biroq buning uchun jamoa o'ziga ishonmayapti. Katta bahslarda klub parchalanib ketmoqda. O'tgan mavsumda jamoa qanday qilib 4:0 hisobidagi g'alabani yo'qqa chiqarganini o'zlari tushunib olishganmikin?Bu mavsumda PSJ Frantsiyada yaxshi statistika qayd etmoqda, biroq u erda ham muhim bahslarda ishlar o'xshamayapti: "Marsel" bilan so'nggi daqiqalarda g'alabaning qo'ldan chiqarilishi, "Lion"dan uchralgan mag'lubiyat. O'ziga yaqin bo'lgan jamoalar bilan bahsda PSJ g'alabaga erisha olmadi. Bunga "Bavariya"dan uchralgan mag'lubiyatni ham qo'shsa bo'ladi. Shunda PSJ katta o'yinlarda safarda umuman g'alaba qozona olmagan."Real"ga qarshi o'yinda haqiqiy grand jamoa o'tkazib yuborilgan goldan keyin bemalol natijani to'g'rilab keta olardi. PSJ esa shunchaki bunga qodir emas. Birinchi o'yindayoq Madrid kim qirol ekanligini ko'rsata oldi. Tanho Neymar, yomon zaxira, boshqarib bo'lmaydigan kollektiv, yumshoqqo'l murabbiy va xarakter.Bunday salbiy jihatlar bilan shunday boy jamoa ham EChLni yuta olmaydi. PSJda ichki tartibni o'zgartiradigan vaqt keldi.
« Xabarlarga qaytish