Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:53
Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
« Xabarlarga qaytish
Eshitdik-da! "Qo'qon-1912" - "Qizilqum" uchrashuvi Navoiyga ko'chirildi
O'zbekiston Superligasining 2-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Qizilqum" uchrashuvi boshqa shaharga ko'chirildi. Eshitishimizga qaraganda mazkur o'yin Qo'qonda emas Navoiy shahrida bo'lib o'tadi. Bunga sabab sifatida Qo'qondagi "Markaziy" stadionda davom etayotgan qurilish ishlari aytilmoqda. Eslatib o'tamiz, "Qo'qon-1912" 1-turni 3 mart kuni Buxoroda "Buxoro"ga qarshi o'tkazadi. 8 mart kuni esa Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo'ladi. 
« Xabarlarga qaytish