LOGOTIPE
Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 03:58
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
« Xabarlarga qaytish
Amirjon Safarovning xet-trigi "Dinamo"ga g'alaba keltirdi
Pro-Liga bahslariga Toshkentda tayyorgarlik ko'rayotgan “Dinamo” jamoasi navbatdagi nazorat uchrashuvini Pro-Liga ishtirokchisi “Paxtakor-2” jamoasiga qarshi o'tkazdi. “Surxon”ga qarshi bahsda bo'lgani kabi ushbu o'yinda ham “Dinamo” murabbiylar shtabi deyarli ikki kun oldingi boshlang'ich tarkibni tushirishdi. Bahs tajriba va mahorat bobida raqibdan ustun bo'lgan “dinamochilar” ustunligida o'tdi.Butun uchrashuv davomida ancha faol to'p surgan samarqandlik 22 yoshli hujumchi Amirjon Safarov o'yin davomida “xet-trik” qayd etib, uchta goli bilan “Dinamo” jamoasiga g'alaba keltirdi. Shu kuni murabbiylar ikkita tarkibga o'yin amaliyoti berishdi.Nazorat uchrashuvi. Toshkent.1 mart (payshanba)«DINAMO» - «PAXTAKOR-2» - 3:1Gollar: Amirjon Safarov 9, 38, 69 – A. Kamolov 40.«Dinamo»: Shohruh Eshbo'taev, Mirkomil Lokaev, Viktor Grigorev, Hakimxon A'lamxonov, Aziz Suyunov, Akmal Bozorov, Jasur Azimov, Ilhom Yunusov, Jasur Ashurov, Maradona Safarov, Amirjon Safarov.«Dinamo» (2-bo'lim): Rustam Toshturdiev, Bunyod Isroilov, Firdavs Abdusalimov, Abdullo Abdulloev, Temur Fayzullaev, Komil Sharofutdinov, Damir Temirov, Farzin Muxtorov, Jasur Qurbonov, Elbek Otaqulov, Farrux Shotursunov.Eslatib o'tamiz, “Dinamo” yig'in doirasidagi navbatdagi uchrashuvni 3 mart kuni Qozog'istonning “Qayrat” klubi yoshlariga qarshi o'tkazadi.
« Xabarlarga qaytish