Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 19:56
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
« Xabarlarga qaytish
Draksler PSJning mag'lubiyatida Emerini ayblamoqda
PSJ yarim himoyachisi Yulian Draksler parijliklarning Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan so'ng jamoa bosh murabbiyi Unai Emerining qarorlariga e'tibor bildirdi. PSJ "Real"ga qarshi 1/8 final uchrashuvida mag'lub bo'ldi va sovrin uchun kurashdan chiqdi."G'azabda edim. Hisobni tenglashtirdik, biroq hech nima o'zgarmadi. Pressing uyushtirib, hujum tashkil qilishda davom etish kerak deb o'yladim. Futbolchidan ayrildik.  Xatto muvozanatni tiklaganimizda ham stadion bizga ishonmadi, chunki PSJga harakatchanlik etishmadi."Real" ishonchli g'alabaga erishdi, biz ularni asabiylashishga majbur qila olmadik. To'pni u erdan bu erga dumalatdik, ammo bunday uslubda gol ura olmaysan. Orqa-oldinga pas beravermasdan, "Real"ga bosim o'tkazib, 1:3 hisobini yo'qqa chiqarish kerak, axir gollar osmondan tushmaydiku. Biroq biz ilk daqiqalardan "Real"ga pressing uyushtirmadik va adolatli ravishda musobaqani tark etdik" - deydi Draksler.
« Xabarlarga qaytish