
Evropa Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida PSJ - "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tdi. Xabaringiz bor, Madridda bo'lib o'tgan dastlabki bahsda "qaymoqranglilar" 3:1 hisobida zafar quchishgandi.Bu safar raqibni o'z uyida kutib olgan PSJ yana yutqazib qo'ydi va musobaqani tark etdi. E'tiborli jihati shundaki, parijliklar mavsumda birinchi bor o'z maydonlarida mag'lub bo'lishdi.