LOGOTIPE
Xayirli tong, Mehmon!
Soat: 11:54
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
« Xabarlarga qaytish
Ayollar chempionati: “Sevinch” chempionlikni deyarli hal etdi
Poytaxtdagi “Yoshlik” sport majmuasida ayollar o'rtasida futzal bo'yicha mamlakat chempionatining ikkinchi tur o'yinlari davom etmoqda. Chempionlikka asosiy da'vogar ikki klub – “Sevinch” va “Metallurg”ning ikkinchi o'yinida ham qarshiliklar muvaffaqiyat qozonishdi. “Sevinch”ning sobiq a'zolari jam bo'lgan “Metallurg”ning asosiy tarkibi ham, ikkinchi to'rtligi ham qarshiliklar oldida “ip esholmadi”. O'zaro ikki o'yin natijasidan kelib chiqib aytish mumkinki, “Sevinch” navbatdagi chempionlikni deyarli hal etib qo'ydi.Olmaliqning AGMK jamoasi esa boshqalarga gollari sonini ko'paytirish imkonini beryapti. Jamoaning asosiy tarkibi katta futbol mavsumiga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'lsa, futzal chempionatda klubning asosan yoshlar tarkibi ishtirok etyapti. Futzalda hali tajriba orttirib ulgurmagan yosh qizlar esa “opalari” qarshiligini qaytara olishmadi.Ertaga chempionat ikki nchi turining so'nggi kun uchrashuvlari bo'lib o'tadi.O'yinlar natijasi:3 mart“Sevinch” – “Paxtakor” – 16:0“Metallurg” – AGMK – 27:0 4 mart“Lokomotiv” – “Metallurg” – 3:10AGMK – “Sevinch” – 0:26 5 mart“Lokomotiv” – “Sevinch” – 0:12“Paxtakor” – AGMK – 17:0 6 mart“Metallurg” – “Sevinch” – 1:3“Lokomotiv” – “Paxtakor” – 4:2 7 mart“Metallurg” – “Paxtakor” “Lokomotiv” - AGMK
« Xabarlarga qaytish