LOGOTIPE
Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 03:47
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
« Xabarlarga qaytish
Anri: "Oksleyd-Chemberlen "Liverpul"da yaxshi o'ynayapti, ammo "Arsenal"da
"Arsenal" sobiq hujumchisi, hozir televideniyada ekspert sifatida ishlayotgan Terri Anri "Liverpul" yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlenning so'zlariga javob berdi. Oldinroq, Oksleyd-Chemberlen uning o'yiniga baho bergan Anrining fikrlarini ahmoqona deb atagan edi."Oksleyd-Chemberlen "Liverpul"da qisqa vaqt ichida yaxshi o'yin ko'rsata oldi. Biroq "Arsenal"dagi harakatlari haqida bunday deya olmayman. Frenk Lempardga e'tibor bersak, u qaysi tomondan yaxshi bo'lganini tezda tushunamiz. Biroq "Arsenal"da uning joyini aniqlash borasida muhokamalar ko'p bo'lgan. Bir kun u qanot himoyachisi bo'lib o'ynagan bo'lsa, boshqa kuni chap qanot hujumchisi rolida edi. Buni tushuna olmadik. O'zligini topish, qay tomonlama kuchli ekanligingni his qilish qiyin. U "Arsenal" safida 132ta o'yin o'tkazib, 9ta gol urdi va 14ta golli pas berdi, ammo "Liverpul"da 3ta gol urib, 5 marta assistent bo'lishga ulgurdi" - deydi Anri.
« Xabarlarga qaytish