LOGOTIPE
Xayirli tong, Mehmon!
Soat: 11:52
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
« Xabarlarga qaytish
O'zbekistonlik hakamlar xalqaro musobaqalarda ishlashadi
O'zbekistonlik hakamlar muntazam ravishda xalqaro musobaqalarni boshqarishga taklif etilayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik. Jumladan, kecha bo'lib o'tgan Osiyo chempionlar ligasidan o'rin olgan “Al-Garafa” (Qatar) – “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishdi. Kovalenkoga qanotlarda Ruslan Serazetdinov va Alisher Usmonov yordam berishdi.Shuningdek, bugun bo'lib o'tadigan OChL guruh bosqichidan o'rin olgan “Al-Hilol” (S.Arabistoni) – “Al-Rayyan” (Qatar) jamoalari o'rtasidagi uchrashuv Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlarga ishonib topshirilgan. Mazkur o'yinda qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov ishlashadi.Bundan tashqari, shu yilning 10-17 mart kunlari Dubay shahrida FIFA tomonidan JChda ishtirok etuvchi hakamlar uchun navbatdagi o'quv-mashg'ulot seminari bo'lib o'tadi. Mazkur seminarga dunyoning eng yaxshi hakamlari qatorida e'tirof etiladigan hamyurtimiz Ravshan Ermatov taklif etilgan.O'zbekistonlik hakamlar yana quyidagi xalqaro o'yinlarda ishtirok etishadi:13 mart. OChL“Ulsan Xyunday” (J.Koreya) – “Shanxay SIPG” (Xitoy)Bosh hakam: Valentin KovalenkoLaynsmenlar: Ruslan Serazetdinov, Alisher Usmonov.13 mart. OFK Kubogi“Al-Ansor” (Livan ) – “Al-Vahda” (Suriya)Bosh hakam: Ilgiz Tantashev14 mart. OChL“Tianjin Kuanjian” (Xitoy) – “Chonbuk Xyunday Motors” (J.Koreya)Bosh hakam: Aziz AsimovLaynsmenlar: Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin.Zaxira hakami: Sherzod Qosimov27 mart. Osiyo Kubogi - 2019 saralashiLivan – Malayziya.Bosh hakam: Valentin KovalenkoLaynsmenlar: Ruslan Serazetdinov, Alisher Usmonov.Zaxira hakami: Sherzod Qosimov27 mart. Osiyo Kubogi - 2019 saralashiYaman – NepalBosh hakam: Aziz AsimovLaynsmenlar: Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin.3 aprel. OChL“Serezo Osaka” (Yaponiya) – “Jeyju Yunayted” (J.Koreya)Bosh hakam: Ilgiz TantashevLaynsmenlar: Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin.3 aprel. OChL“Shanxay Shenxua” (Xitoy) – “Kashima Antlers” (Yaponiya)Bosh hakam: Ravshan ErmatovLaynsmenlar: Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov10 aprel OFK Kubogi“Al-Suvayh” (Ummon) – “Malkiya” (Bahrayn)Bosh hakam: Sherzod QosimovLaynsmenlar: RuslanSerazetdinov, Alisher UsmonovShuningdek, 6-20 aprel kunlari Iordaniyaning Amman shahrida futbol bo'yicha Ayollar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Mazkur musobaqada ishlash uchun o'zbekistonlik Edita Mirobidova (bosh hakam) va Zilola Rahmatova (yordamchi hakam) taklif etilishgan.
« Xabarlarga qaytish