Xayirli tong, Mehmon!
Soat: 08:59
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
« Xabarlarga qaytish
Superliga klublari akademiyalari va bolalar maktablari mutaxassislari Yaponiya jo'nab ketishdi
5 mart kuni mamlakatimizda bolalar futboli bo'yicha faoliyat olib borayotgan futbol Akademiyalari va futbol maktablari mutaxassislari, malakali bolalar murabbiylarining bir guruhi Yaponiyaga jo'nab ketishdi. Xabaringiz bor, o'tgan yilning noyabr oyida O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Tokio shahrida Yaponiya Futbol Assotsiatsiyasi Prezidenti Tashima Kodzo bilan rasmiy uchrashuv o'tkazib, ikki mamlakat Futbol Assotsiyatsiyalari o'rtasidagi hamkorlik va aloqalarni mustahkamlash bo'yicha kelishuvga erishilgandi.Ushbu kelishuv asosida O'FA va YaFA terma jamoalari murabbiylari o'rtasida tajriba almashish, shuningdek, ikki davlat futboli murabbiylari va tibbiyot xodimlari uchun o'quv seminarlari tashkil etish, futbol akademiyasi murabbiylari va boshqaruv xodimlari o'rtasida bilim va tajribalarni almashish, bolalar futboli bo'yicha murabbiylik kurslarini tashkil etish borasidagi ishlarni yo'lga qo'yish ko'zda tutilgandi.Memorandumga javoban shu yilning 8-12 fevral kunlari Yaponiyada O'zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan klublarning marketing bo'yicha mutaxassislari uchun seminar tashkil etildi. Seminar davomida Jey-liga mutaxassislari tomonidan milliy chempionatimiz klublari marketing mutaxassislari uchun nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi. Shuningdek, marketing bo'yicha mutaxassislar Jey-ligada marketing, homiylarni jalb qilish bo'yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida ma'lumot olishdi.Shu yilning 5 mart kuni mamlakatimizda bolalar futboli bo'yicha faoliyat olib borayotgan futbol Akademiyalari va futbol maktablari mutaxassislari, malakali bolalar murabbiylarining bir guruhi Yaponiyaga jo'nab ketishdi.Maqsad, yurtimizda bolalar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish bo'yicha Yaponiya taraqqiyot modelini va tajribasini O'zbekistonda tatbiq qilish, yurtimizdagi bolalar musobaqalari va futbol tadbirlarida selektsiya ishlarini takomillashtirishda Yaponiya mamlakati tizimidan foydalanishdan iborat.Mazkur safar bilan bog'liq masalalar bo'yicha Yaponiya Futbol Assotsiatsiyasida maxsus ishchi guruh tuzildi. Assotsiatsiyaning xalqaro aloqalar bo'limi mutaxassisi, o'zbekistonliklar delegatsiyasiga mas'ul xodim Tomo Sugiyama o'zbekistonliklarning Yaponiyadagi tashrifi dasturini ishlab chiqdi.Unga ko'ra, delegatsiyamiz a'zolari 7 mart kuni Jey-Liga uchrashuvlaridan birini tomosha qilishadi, 8 mart kuni esa yaponiyalik malakali mutaxassislar semminarlarida ishtirok etishadi. Shuningdek, Yaponiya U-14, U-15 va U-18 terma jamoalari mashg'ulotlarini kuzatib, 10 martda seminarda qatnashishadi hamda Jey-Liga o'yinlari uchrashuvlarini tomosha qilishadi.
« Xabarlarga qaytish