Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 20:08
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
« Xabarlarga qaytish
Andrey Miklyaev: "Lokomotiv" Dohadan 3 ochko olib ketish niyatida
Kecha Dohadagi "Abdulloh bin Halifa" stadioni matbuot anjumanlari zalida "Al Duhail" - "Lokomotiv" uchrashuvi oldidan har ikki jamoa ustozlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Andrey Miklyaev jamoa sardori Sadriddin Abdullaev hamroxligida ishtirok etdi:- Ertaga bizni juda murakkab o'yin kutib turibdi.  Raqib jamoa haqida faqat va faqat iliq fikrlar bildirish mumkin.  Ular hujumkor va mazmunli o'yin namoyish etishmoqda.  Shu boisdan ham "Al Duhail" bilan bahs oson kechmasligi tayin.  Lekin biz ham Dohaga 3 ochko qo'lga kiritish maqsadida tashrif buyurganmiz.  Raqib qanchalik kuchli bo'lmasin,  "Lokomotiv" har bir o'yinda g'alaba qozonishga urinadi.  Tarkibimizda mahoratli futbolchilar talaygina.  Ishonchim komil,  ertaga maydonga tushadigan har bir futbolchimiz o'zining bor imkoniyatini ishga soladi.  Umid qilamanki,  o'yindan so'ng xush kayfiyatda uyga yo'l olamiz,  - dedi tajribali mutaxassis.- "Al Duhail" - "Lokomotiv" bahsi qiziqarli tarzda kechishiga aminman.  Har ikkala jamoa ham hujumkor o'yin ko'rsatishadi.  Muxlislar zerikib qolishmaydi,  deb o'ylayman.  O'tgan turda kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo'ydik.  Bu safar g'alaba qozonishimiz shart.  Zero oldimizda guruhdan chiqish va musobaqadagi ishtirokni davom ettirish vazifasi turibdi,  - dedi mahoratli futbolchi.
« Xabarlarga qaytish