Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:56
Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
« Xabarlarga qaytish
"Pekin" operatsiyasi yoki Xitoy klubi hukumatni aldamoqchi bo'ldi, ammo...
Millionlarni tejab qolmoqchi bo'lgan klub o'ylagan ayyorlik muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Kecha Xitoy Superligasi "Vilyarreal" yarim himoyachisi Sedrik Bakambu Pekinning "Beyjing Goan" klubiga o'tganini tasdiqladi. U 4 yillik shartnoma imzoladi va yiliga 18 mln. evro ishlab topadigan bo'ldi.Agar siz qishning eng ayyor transferini kuzatmagan bo'lsangiz, hozir bu haqida ma'lumot beramiz. Xorijdan futbolchi olmoqchi bo'lgan Xitoy klubi transfer uchun 5,8 mln. evrodan ko'proq sarflasa (Bakambuni 40 mln. evroga sotib olishdi), xarid qilingan pul miqdorida davlatga soliq to'lashiga to'g'ri keladi (bu vaziyatda 34,2 mln. evro). Ammo pekinliklar soliq to'lamaslik rejasini tuzishdi."Beyjing Goan" qoidalarga rioya qilib, transferni amalga oshirishganida, Pekin klubi futbolchi uchun "Vilyarreal"ga 40 mln. evro, Xitoy futbol federatsiyasiga esa 34 mln. evro to'lab berishi kerak bo'lardi. Ammo "uddaburonlar" soliq to'lamaslik uchun "sariq suvosti kemasi"ga boshqa kompaniya orqali pul o'tkazib berishdi. Bakambu esa "Beyjing Goan"da erkin agent sifatida o'tdi. Ammo transferni rasman tasdiqlashmadi. Bir necha kundan so'ng Xitoy reglamentni o'zgartirdi: "Vilyarreal" boshqa kompaniyadan olgan pul ham transfer mablag'i hisoblanadi. Qonunni chetlab o'tish va soliq to'lamaslik uchun jarima - 10 ochko.Natijada "Beyjing Goan" bosh menejeri Li Min soliqni to'lagani haqida ma'lum qildi. Demak, transfer 74,2 mln. evroga tushdi.Xitoy hukumatini aldashning iloji yo'q.
« Xabarlarga qaytish