Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:52
Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
« Xabarlarga qaytish
"Andijon bahori" musobaqasi start oldi
Bugun 5 mart kuni Andijon shahrida 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan futbol bo'yicha “Andijon bahori” musobaqasi start oldi. Ushbu musobaqa ikki yo'nalishda oliygohlar va o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi o'quv muassasalari hamda ikkinchi yo'nalish sport maktablari o'quvchi qizlarining futbol jamoalari o'rtasida o'tkazilmoqda.Musobaqani o'tkazishdan asosiy maqsad viloyatda ayollar futbolini yana rivojlantirish, viloyatdagi o'quv muassasalar talabalari o'rtasida do'stlik rishtalarini bog'lash va “Andijanka” jamoasiga iqtidorli qizlarni tanlab olishdan iboratdir.Jami 10ta jamoa ishtirok etayotgan musobaqa 7 martga qadar davom etadi. G'olib va sovrindorlar haqida musobaqa yakunlangandan so'ng xabar beramiz.
« Xabarlarga qaytish