Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» Yuklamalar ombori (Vip)
» Uzderbi.net - futbol yangiliklari
« Xabarlarga qaytish
Jezualdu Ferreyra: "Guruhda vaziyat chigallashdi"
OChL 3-tur doirasidagi "Nasaf" - "Al Sadd" (1:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar ustozi Jezualdu Ferreyra ishtirok etdi. - Kecha aytib o'tganimdek juda qiyin o'yin bo'ldi. Bugungi bahs juda chiroyli o'tdi. Tomoshabinlar bilan to'lib toshgan stadionda o'ynash yoqimli bo'ldi. Aynan shunday muhitlarda OChLda o'ynayotganingni to'liq his etasan. Osiyo chempionlar ligasida Qatar chempionatidan farqli ravishda jamoalar asosan jismoniy jihatga e'tibor qaratishadi. Bugun maydonda haqiqiy jang kechdi. O'ylashimcha, o'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Ammo bizga gol urish nasib etmadi. Xavi hamda markaziy himoyachimizning yo'qligi bilindi. Lekin bu mag'lubiyatga bahona bo'la olmaydi. "Nasaf" qaysidir vaziyatlarda yaxshiroq o'ynadi va g'alabaga erishdi. Ushbu muvaffaqiyat bilan raqibni tabriklayman.Mag'lubiyatga nima sabab bo'ldi? Ba'zida jamoalar o'zining futbolini namoyish eta olmaydi. Bugun bizda shunday holat kuzatildi. Guruhdagi vaziyat istalgan payt o'zgarib ketishi mumkin. Ayni paytda bizning "kvartet"da vaziyat ancha chigallashdi. O'ylashimcha, "Al Sadd", "Persepolis" va "Nasaf" jamoalarining guruhdan chiqish imkoniyatlari teng. Buyog'iga kurash yanada qizg'in o'tadi.  Ko'p narsa "Al Vasl"ga ham bog'liq. Amirliklarga qarshi kim yaxshiroq o'ynay olsa, o'sha jamoaning guruhdan chiqish imkoniyatlari keskin oshib ketish ehtimoli yuqori.
« Xabarlarga qaytish