Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» Yangi taronlar,chiroyli rasmlar kanali
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
« Xabarlarga qaytish
Anton Valdemar Bundesligada ikkinchi golni urdi
Fevral oyi Anton Valdemar uchun ancha qizg'in o'tgan. Uning klubi "Gannover" 4ta o'yin o'tkazdi va "Frayburg" bilan o'yinda g'alaba qozondi. Aynan o'sha o'yinda Valdemar mavsumdagi birinchi va Bundesligadagi ikkinchi golini urdi. O'zining ilk golini 2016 yilda u "Borussiya M" bilan bahsda urgandi va o'sha uchrashuvda eng yaxshi futbolchi bo'lgandi. Gannover Waldemar Anton - 28', Feliks Klaus - 54' Bundesliga . 22-tur 10/02/2018, 19:30 1 : 2 Tugadi Frayburg Manuel Gulde - 88' Stadion: HDI-Arena, 37800 tomoshabinBosh hakam: Manuel Grafe 45' 90' 28'  Waldemar Anton54'  Feliks Klaus54'  Ihlas Bebou73'  Feliks Klaus (Marvin Bakalorz)84'  Ihlas Bebou (Martin Xarnik)90'  Iver Fossum (Florian Huebner)46'  Marc-Oliver Kempf (Florian Kath)63'  Tim Kleindienst (Marko Terratsino)65'  Marko Terratsino69'  Lukas Kuebler (Pascal Stenzel)83'  Christian Guenter88'  Manuel Gulde Match-tsentrda ochishO'sha yil "Gannover" Bundesligani tark etgandi, shu bois Valdemar o'tgan mavsum Germaniya  chempionatida gol urish imkoniyatiga ega bo'lmadi.Valdemar taxminan 2 yildan so'ng yana Bundesligada to'p kiritdi. "Frayburg" bilan bahsning 26-daqiqasida gol urishga erishdi. "Gol urishimni sezgandim. Buni ancha kutdim, imkoniyatlar bo'lgandi va to'p kiritganimdan xursandman" - deydi u o'yindan so'ng. Qizig'i Valdemar bu bahsda ham o'z pozitsiyasini o'zgartirib tayanch yarim himoyasidagi Pirmin Shveglerning o'rnida harakat qildi. "Bu joyda o'ynagan futbolchida gol urish imkoniyati ko'proq bo'ladi, faqat undan foydalanish kerak" - deydi Anton."Biz uni bu joyda o'ynay olishini bilardik. Ba'zida tayanch yarim himoyachisi sifatida ham harakat qilardi. Endi u gol ham urmoqda, raqiblar uchun xavfli futbolchiga aylanmoqda. Bu meni xursand qilmoqda. Valdi tezkor futbolchi. Ajoyib rivojlanish" - deydi "Gannover" menedjeri Xorst Xeldt."Keln"ga qarshi bahsni esa kasalligi tufayli o'tkazib yubordi. Qizig'i, bu mavsumda Anton faqat ikkita bahsda o'ynay olmadi va ikkala holda ham raqib "Keln" bo'lgandi. Valdemar uzoq davolanmadi va keyingi turda safga qaytdi.Germaniya matbuoti xabariga ko'ra, Valdemarning transfer narxi 2 mavsumda 100 ming evrodan 6,5 million evroga etdi!Vladislav Goyxman
« Xabarlarga qaytish