LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 18:30
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
« Xabarlarga qaytish
JCh-2018 yulduzlari uchun maxsus xonalar
Bugun yaqinda start oladigan Jahon Chempionati-2018 paytida top-futbolchilar yashashi uchun maxsus xonalar haqida so'z yuritamiz. Ana-mana deguncha mundialga ham uch oy vaqt qolibdi. Agar allaqachon chipta sotib olgan bo'lsangiz, endi qaerda tunab qolishingizni aniqlab olishingiz kerak. Bu aslo qiyin emas. Sizga bu borada Ronaldu, Neymar, Salax va jahon futbolining boshqa superyulduzlari yordam berishga shay turibdi.Xo'sh, tayyormisiz? Unday bo'lsa ro'yxatimizni Mishi Batshuayi orzusidagi yotoqhona bilan boshlaymiz. Mishi multqahramon Spanchbobning ashaddiy muxlisi. “Borussiya” o'yinchisi shunday deydi: “Bu multfilmni juda ham yaxshi ko'raman. Agar uxlay olmasam, multfilm ko'rishni o'zimga odat qilganman!”Sochi shahrida Pepe uchun maxsus oshxona. Ajoyib gul, o'zgacha idishlar jam bo'lgan g'ishtli noyob xona tajribali va oilasiga g'amxo'rlik qilishni sevadigan yigitga albatta yoqadi.Ko'plab krossovka, basketbol jersilari va boshqa modaga oid narsalarni kollektsiya qilishni yoqtiradigan Antuan Grizmann uchun maxsus xona.Modaga juda qattiq e'tibor beradigan yana bir frantsiyalik o'ynichi Pol Pogba. Bu barbershop-xonada u endi har uchrashuvda turlicha soch turmagi qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.Kilian Mbappe — Frantsiyaning eng yosh o'yinchisi. Tabiiyki, bu yoshdagi har qanday yigitning xonasida albatta kumirining sur'ati bo'lishi kerak.Krishtianu esa yozda bekorchilikka vaqti bo'lmaydi va kelajagi borasida ba'zi narsalar: azaliy raqibi Messini yana nimalarda ortda qoldirish, “Real”dan ketish payti keldimi, agar ha bo'lsa, qaerga ketish mumkinligi haqida o'ylab olishi zarur. Tilla yigit uchun — tilla xona.Neymar uchun xona tanlash biroz qiyin bo'ldi. Kreml band, Saransk braziliyalik uchun biroz qimmatlik qiladi. Eng yaxshisi o'zi bilan kerakli jihozlarni olib ijaraga xona olish...Biz PSJ rahbarlarining xatosini takrorlamaymiz va Neymar hamda Kavanini boshqa-boshqa xonalarga joylashtiramiz. Bonus sifatida urugvaylik matadorga ajoyib gilam to'shalgan xonani sovg'a qilamiz. Bu gilam bilan Kavani istaganicha penalti tepishi mumkin.Muhammad Salah uchun Sank-Peterburgdagi Misr uyida maxsus xona bor.  Krestovskiy yarim oroligacha yarim soatlik yo'l. Bu juda qulay bo'lib, APL superyulduzi o'yinlarga puxta tayyorlanishiga zamin yaratadi.Deniel Starridj va Vensan Kompanini ham unutganimiz yo'q, albatta. Ular uchun atalgan xona maxsus dekoratsiyalar bilan bezatilgan.Gap-so'zlarga qaraganda, Joze Mourino mundial payti Rossiya telekanallaridan birida mutaxassis bo'lishi kutilmoqda. Portugaliyalik turnirning hamma o'yinida qatnashmaydi. Nazarimizda, bu ham bir tomondan yaxshi. Shuning uchun, MYu bosh murabbiyi yashashi uchun maxsus “xona”miz unga yoqadi deb umid qilamiz.Bu kataloniyaliklar bayrog'i rangiga o'xshash hammom Jerar Pike uchun. Umid qilamiz, bu xona unga yoqadi.
« Xabarlarga qaytish