LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 19:19
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
« Xabarlarga qaytish
Mashhurlar Astori haqida nima deyishdi?
Kecha Italiyaning "Fiorentina" jamoasi sardori Davide Astori Udine mehmonxonasida vafot etdi. Italiyalik futbolchining bevaqt o'limi munosabati bilan, u bilan birga bir jamoada faoliyat olib borgan va Astoriga qarshi bahslarda ishtirok etgan mashhur futbolchilar, marhum haqida o'zlarining shaxsiy tvitteridagi sahifasida izoh qoldirdi. Janluiji Buffon:  "Alvido, qadrdonim Asto"Serxio Ramos: "Davide Astorining o'limi haqidagi qayg'uli xabarni eshitib xayratga tushdim. Marhumning oila a'zolariga va "Fiorentina" jamoasiga sabr tilayman. Boqiy xayyotda tinch orom oling CAPITANO"Franchesko Totti: "Ushbu fojeadan karaxt holatdaman, bir so'z aytishga ojizman. Men Davide Astorining oila a'zolari bilan va do'stlari bilan iliq munosabatdaman. Andrea Pirlo: "Ta'rifga til ojiz. Oxirida ular eng yaxshi bo'ladilar. Oq yo'l do'stim"Ronaldino: "Bunday noxush voqea munosabati bilan Davide Astorining oila a'zolariga og'ir kunda sabr tilayman"Paulo Dibala: "Ta'rifga til ojiz. Davide Astori tinch orom olgin"Sami Xedira: "Qanday noxush xabar. Tinch orom olgin Davide Astori. Oila a'zolariga ta'ziya bildiraman"Rikardo Montolivo: "Men sizni mana shunday kulib turishingiz bilan doim eslab turaman. Siz ajoyib inson edingiz. U erdan oilangizni kuzatib turing. Tinch orom oling AMICO MIO"Fabio Kannavaro: "Tinch orom oling Davide Astori"Iker Kasilyas: "Sardor tinch orom oling. Sizning oila a'zolaringizga, do'stlaringiz va Italiya futboliga ta'ziya bildiraman"
« Xabarlarga qaytish