Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» Yangi taronlar,chiroyli rasmlar kanali
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
« Xabarlarga qaytish
Eden Azar: "Siti" bilan uch soat o'ynasak ham, to'pga tega olmagan bo'lardim"
"Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar "Manchester Siti"dan uchralgan mag'lubiyat (0:1) haqida fikr bildirdi. "Siti" bilan uch soat o'ynasak ham, to'pga tega olmagan bo'lardim. To'p bilan bo'lsak yaxshiroq harakat qilamiz, ammo bu uchrashuvda to'psiz qoldik.Shaxsan men uchun bahsda 3 marta to'pni qabul qilsam, o'ynash qiyin bo'ladi. Ammo u bizda bo'lganida to'p bilan yaxshiroq harakat qilishimiz kerak edi, biz esa xato qildik.To'p uchun kurashda sakrashga intildim, ammo Otamendi va Laport bilan kurashish qiyin bo'ldi. Kuchli tomonlarimizsiz o'ynadik. Morata va Jiru bo'lganida longbollarda g'olib chiqqan bo'lardik. Qo'limdan kelgan barcha ishni qildim. Konte meni hujum markaziga qo'ydi. Bor kuchimni ishga soldim, ammo o'yinim chiqmadi."Barselona" bilan bahsda imkoniyat bo'lgan edi, ammo bugun umuman yo'q. Ularning pressingidan chiqish qiyin bo'ldi. To'pni olishing bilan 3-4 kishi senga yopirilib keldi.Bir nechta oddiy uzatmalarda ham xatoga yo'l qo'ydik. Jamoa darajasida qarasak, omadsiz o'yin o'tkazdim, ammo kelasi haftada yaxshiroq ishlashimiz kerak" - deydi Azar.
« Xabarlarga qaytish