LOGOTIPE
Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 03:33
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
« Xabarlarga qaytish
Kutib oling, Superliga uchun virtual futbol o'yini - PFLMANAGER.UZ
O'zbekiston Superligasi asosida yaratilgan virtual futbol sayti ishga tushganini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz. Endi sizda O'zbekiston Superligasi futbolchilaridan iborat jamoa tuzish, do'stlaringiz bilan shaxsiy liga ochib ular bilan bellashish va sovrinli ligalarda qimmatbaho sovg'alar yutib olish imkoniyati mavjud. Bularning barchasi PFLMANAGER.UZ saytida mujassam.100 byudjetni ishlatib O'zbekiston Superligasi klublaridan 15 nafar futbolchidan iborat jamoa tuzing. Har bir turdan oldin asosiy tarkib futbolchilarini va sardorni tanlang. Kerakmas o'yinchilarni sotib, o'rniga boshqa futbolchilarni oling. Jamoaingizdagi futbolchilar haqiqiy O'zbekiston Superligasida amalga oshirgan foydali harakatlari (gollar, golli paslar, quruq o'yinlar, seyvlar va boshqalar) uchun ochko keltiradi. Saytdagi O'YIN QOIDALARI bo'limi orqali barcha qoidalar bilan batafsil tanishib chiqish mumkin.Dastlabki turdagi jamoalar test jarayoni uchun tuzilgan edi va ularning ochkosi keyinchalik hech nimaga ta'sir qilmaydi. Superliganing 2-turidan PFLMANAGER.UZ sayti rasman o'z ish faoliyatini boshlaydi. Ushbu o'yin haqida barcha ma'lumotlar quyidagi HAVOLAda berilgan >>> PFLMANAGER.UZ haqida batafsil ma'lumot
« Xabarlarga qaytish