LOGOTIPE
Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 03:01
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
« Xabarlarga qaytish
Kelajagi yo'q sardor. Davide Astori o'limi haqida
Ko'pchilik, hayot 30dan so'ng boshlanadi deydi. Sabablar ko'p, ota-onang senga ishona boshlaydi, hayotiy tajribaga ega bo'lasan, yaxshi mehnat qilsang, faoliyatingda o'sishga erishgan bo'lasan... Hammasi 30 yoshdan keyin boshlanishini aytyapmiz. Biroq ba'zida aksi bo'lishi ham mumkin.Xuddi Davide Astori bilan bo'lgani kabi.Kecha tunda u jamoadoshi Marko Sportello bilan Playstation o'ynadi, uxlash vaqti kelganda, xonasiga ketdi. Bir necha daqiqadan so'ng Marko xabar yubordi: "Xonamda butsalaringni unutib qoldiribsan". Davide qaytishni istamadi va ularni ertaga olishi haqida javob yozdi...Siyqasi chiqib ketgan gaplarni aytmoqchi emasman, chunki hozir hamma keyingi daqiqa, soat, kunda nima bo'lishini bilib bo'lmasligi haqida gapiryapti. Aytyapmizmi - demak, buni tragedik voqealarsiz ham tushunib turibmiz. Ortiqcha yuklamalar tufayli maydonda vafot etgan Foe, Fexer, Puerto, Morozinilarni bilamiz, ammo hayot har onda yakunlanishi mumkin. Mehmondagi o'yinga borib, yotoqda uxlab qolishning o'zi etarli ekan.Shaxsan men uchun Davide Astori Italiya futbolidagi eng sevimli himoyachilarimdan biri edi. Gap uning o'yini meni o'ziga rom etganida emas, shunchaki u "Milan" tarbiyalanuvchisi bo'lgan, men esa qaysidir bosqichda qizil-qora tarbiyalanuvchilarining taqdiri bilan qiziqqanman. Davide o'shalarning biri edi. U Anchelotti davrida terma jamoagacha etib bordi va ijarama-ijara yurib, faoliyatini bulg'agani yo'q.Davide 21 yoshda "Kalyari"ga o'tdi, 22 yoshida esa sardiniyaliklarning asosiy himoyachisiga aylandi. Bir necha yildan so'ng "Milan" uni qaytarmoqchi bo'ldi va bu transfer amalga oshishini juda xohlagan edim, chunki tarkibda tarbiyalanuvchilar juda kam edi - Antonini o'sishdan to'xtagan, Abate esa murabbiy ishonchini qozona olmayotgandi.Astori o'sha paytda Nesta va Tiago Silvalar bilan o'ynaganida, uning faoliyati biroz muvaffaqiyatliroq bo'larmidi... Biroq u "Kalyari"da qoldi va Sardiniya klubining vitse-sardoriga aylandi. Astori jamoaning birinchi sardori bo'lishni istamadi va ijara asosida "Roma"ga o'tdi, 2015 yilning avgustida esa "Fiorentina" safini to'ldirdi.Joriy mavsum Gonsalo Rodriges va boshqa futbolchilar klubni tark etganidan so'ng, sardorlik bog'ichi Davidega nasib etdi. Kichik inqirozni boshidan kechirayotgan "Fiorentina" sardori bo'lish Astori uchun katta muvaffaqiyat bo'lmadi. Biroq Florentsiyada yangi jamoa aynan sardor atrofida qurildi. Qishda uning shartnomasi 3 yilga uzaytirilishi haqida mish-mishlar paydo bo'ldi. Bir oy oldin Astori ham bu haqda to'xtalib o'tgan edi: "Florentsiya klubida o'ynashda davom etishni istayman va sardor ekanligimdan faxrlanaman, yangi shartnomaning ba'zi detallarini hal qilish lozim".Payshanba tongida Florentsiya gazetasi Quotidiano Sportivo muqovasi ko'zga tashlandi. Ushbu sonning asosiy mavzusi - Astori bilan shartnomani uzaytirish. Muqovada "Capitan Futuro" sarlavhasi bilan Davidening surati turardi. Futbolchi jurnalistlar nigohida haqiqatdan ham kelajak ramzi bo'lgan, ularning fikricha, Davide yonida yosh Patstsella va Milenkovich dars olishi kerak edi. Ushbu muqovani ko'rganimda, Astori faoliyatini qanday kuzatganim, Mekses emas, aynan u "Milan"ga o'tishini istaganim esimga tushib ketdi. Himoyachi "Milan"da bo'lmasa ham, muxlislar xotirasida afsona bo'lib qolishidan xursand bo'ldim.Endi na kelajak va na sardor mavjud. Muxlislar esa uni afsona sifatida emas, umuman boshqacha yodga olishadi.Andrea Della Valle ("Fiorentina" rahbari) futbolchining vafotidan so'ng yangi shartnoma deyarli tayyorligi haqida aytdi. Barcha detallar kelishilgan, jamoa Udinedan qaytganidan so'ng, dushanba kuni bitimni imzolash marosimi bo'lishi kerak edi. Astori faoliyatini Florentsiyada tugatishi va u klub tizimida ish boshlashi taxmin qilinayotgandi.U haqiqatdan ham faoliyatini Florentsiyada yakunladi. Afsus, uning o'zi va boshqalar kutganidek emas...
« Xabarlarga qaytish