LOGOTIPE
Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 04:03
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
« Xabarlarga qaytish
Abdumavlon Abdujalilov: "E'tirofni kutmagandim"
"Neftchi" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov championat.asia talqiniga ko'ra turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. Shuningdek posbon tur ramziy terma jamoasiga kiritildi. Yosh darvozabon o'z fikrlarini bildirdi."NASAF" BILAN O'YIN HAQIDA- Ochig'i “Nasaf” bilan o'yinni boshida biroz hayajon bo'ldi. Sababi o'z muxlislarimiz qarshisida kuchli raqibga qarshi ochilish o'yinida to'p tepdik. Lekin ko'p o'tmay hayajon yo'qoldi. Aytish kerakki, shu kuni himoya chizig'imiz tartibli o'yin ko'rsatdi. Shu sabab darvozamiz dahlsizligini saqlab qoldik.TUR TERMA JAMOASIGA KIRGANI HAQIDA- “SA”ning e'tirofini kutmagandim. Chunki turning qolgan o'yinlarini ham kuzatganimda hamkasblarim ham yaxshi harakat qilishgandi. Jurnalistlarning e'tiboriga tushish har bir sportchi uchun yoqimli bo'lsa kerak."SO'G'DIYoNA" BILAN BAHS HAQIDA- To'g'risi “Nasaf”ga qarshi o'yindan keyin “Neftchi”ga nisbatan e'tibor oshdi. Endi ko'pchilik bizdan yanada yaxshi o'yin va natija kutadi. Allaqachon “So'g'diyona” bilan o'yinga tayyorgarlikni boshlab yubordik. Avvalgi o'yindagi xatolarni tahlil qilib, galdagi uchrashuvda bu kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilamiz. Jizzaxda bizni qiyin o'yin kutyapti. Chunki “So'g'diyona” ochilish o'yinida o'z muxlislari uchun  g'alaba taqdim etishga harakat qiladi. Stadiondagi muhitni taassavur qilish mumkin. Lekin “Neftchi” Jizzaxga g'alaba uchun boradi. Bu bizning asosiy maqsadimiz sanaladi 
« Xabarlarga qaytish