Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 19:22
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
« Xabarlarga qaytish
OChL-2018: “Al Duhail” – “Lokomotiv” uchrashuvi oldidan rasmiylar yig'ilishi bo'lib o'tdi
Ertaga, 6 mart kuni Qatar poytaxti Doha shahridagi “Abdulloh bin Halifa” stadionida Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-tur uchrashuvlari doirasidan o'rin olgan “Al Duhail” – “Lokomotiv” bahsi bo'lib o'tadi. Bugun mazkur uchrashuv oldidan har ikki jamoa rasmiylari hamda o'yin tashkilotchilari o'rtasida yig'ilish bo'lib o'tdi.  Unda jamoalarning o'yinoldi rasmiy mashg'uloti,  matbuot anjumani hamda ertangi bellashuvni jamoalar qanday liboslarda o'tkazishi kabi masalalar muhokama qilindi.  Unga ko'ra, “Lokomotiv” “Al Duhail” bilan o'yinni oq-yashil-oq rangli libosda o'tkazadi.  Jamoamiz darvozaboni binafsha rang futbolka, qora shortik hamda qora getrilarda maydonga chiqadigan bo'ldi.  Mezbonlar esa an'anaviy to'liq qizil rangdagi formada o'ynashadi.  “Duhail” posboni to'liq sariq rangdagi libosni kiyishi oydinlashdi.Qayd etish joizki,  bugun shuningdek mahalliy vaqt bilan soat 17:30da (Toshkent vaqti bilan 19:30da) har ikki jamoa ustozlari va bir nafardan futbolchi ishtirokida o'yinoldi matbuot anjumani tashkil etiladi.  Unda Andrey Miklyaevga jamoamiz sardori Sadriddin Abdullaev hamrohlik qiladi.  So'ng soat 18:00da “Lokomotiv” “Abdulloh bin Halifa” stadionida rasmiy mashg'ulot o'tkazadi.  Uning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda kechadi.
« Xabarlarga qaytish