Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
« Xabarlarga qaytish
UzLegioner. Legionerlarning 1-tur statistikasi
Saytimizda berib borilayotgan "LegionerUz" ruknidan xabaringiz bor. Uni Diyor Imomxo'jaev tayyorlab o'quvchilar hukmiga havola etib kelmoqda. Bugundan boshlab esa Superliganing har bir turidan keyin o'zimizning klublarda o'ynayotgan xorijlik futbolchilar statistikasini berib boramiz. UzLegioner nomli ruknda faqat PFL zayavkasidan o'tgan legionerlar haqida to'xtalamiz.Yaxshi bilasiz, bu yildan oliy liga Superligaga o'zgardi va shunga monand o'zimizda faoliyat olib borayotgan chet ellik futbolchilarning ham super bo'lishi kutilmoqda. O'yinlar ham super o'tishi aytilmoqda. Ammo 1-tur shuni ko'rsatdiki, klublar ro'yxatdan o'tkazgan legionerlar orasida yaxshilari ham, kuchsizlari ham bor.Lekin bu faqat boshlanishi, balki dastlabki taassurot aldamchi bo'lishi mumkin. Shu bois bu borada birdaniga xulosa chiqarmagan ma'qul. Statistika hammasini biladi deganlaridek, buyog'iga endi raqamlar gapiradi. Zero, raqamlar har bir futbolchining nimani qoyillatayotganini ko'rsatib beradi.Ma'lumki, bu mavsumda legionerlar limiti yana bittaga oshirildi. Endilikda klublar besh nafar (shundan bittasi osiyolik bo'lishi kerak) legionerni ro'yxatdan o'tkazish imkoniga ega bo'lishdi. 4+1dan to'liq ikkita klub foydalandi: AGMK va "Qizilqum". "So'g'diyona" esa birorta ham chet ellik o'yinchini qo'shib olmadi.Superliganing ilk turida 11 nafar legioner umuman maydonga tushmadi. Bular - Igor Yelich ("Lokomotiv"), Nivaldo ("Lokomotiv"), Jahongir Aliev ("Nasaf"), Dragan Cheran ("Nasaf"), Marko Klisuro "Buxoro", Artur Gevorkyan ("Qizilqum"), Andrey Shipilov ("Metallurg"), Pavel Matyash (AGMK), Vladislav Kasminin (AGMK), Milan Spremo ("Qo'qon-1912") va Vitaliy Mirniy ("Neftchi").Bu turda faqat ikki legioner gol urishni uddaladi. "Paxtakor" futbolchisi Ismoil Gonsalvesh bilan AGMK o'yinchisi Yovan Jokich. Qizig'i, ikkala gol ham penaltidan kiritildi. 1-turda "Paxtakor" va "Navbahor"ning ikkitadan legioner futbolchilari sariq kartochka olishdi. "Paxtakor"dan Marko Simich bilan Rostin Griffits, "Navbahor"dan esa Tomislav Payovich bilan Darko Stanoevich.FutbolchiDavlatiT.sanaKlubiAmpluasiO'yinDaqiqaGolSariq kartochkaQizil kartochka Kaxi MaxaradzeGruziya20.10.1987 LokomotivHimoyachi190000Igor  YelichSerbiya28.12.1989LokomotivHimoyachi00000NivaldoBraziliya22.06.1988LokomotivHujumchi00000Cho Suk JaeJ.Koreya24.03.1993 LokomotivHujumchi16000Igor GolbanRossiya31.07.1990NasafHimoyachi190000Slavko LukichSerbiya14.03.1989NasafHimoyachi190000Jahongir Aliev Tojikiston14.07.1996NasafYar.himoyachi00000Dragan CheranSerbiya06.10.1987NasafHujumchi00000Marko SimichChernogoriya16.06.1987PaxtakorHimoyachi190010Rostin GriffitsAvstraliya30.03.1988PaxtakorYar.himoyachi190010Tiago Bezerra Braziliya17.02.1987PaxtakorYar.himoyachi186000Ismoil GonsalveshPortugaliya25.06.1991PaxtakorHujumchi190100Filipp RaevatsSerbiya21.06.1992BunyodkorHujumchi190000Tomislav PayovichSerbiya15.03.1986NavbahorHimoyachi190010Darko StanoevichSerbiya 12.04.1987NavbahorHimoyachi190010Nenad Inyats Serbiya 04.09.1985NavbahorYar.himoyachi185000Marko KlisuroSerbiya 15.10.1992BuxoroHimoyachi00000Sergey RusetskiyBelarus 08.03.1989BuxoroHimoyachi190000Arslonmurod AmonovTurkmaniston28.03.1990BuxoroYar.himoyachi145000Evgeniy CheremisinRossiya29.02.1988QizilqumDarvozabon190-300Georgi KvesieshviliGruziya 01.12.1985QizilqumHimoyachi190000Artur GevorkyanTurkmaniston22.11.1984QizilqumYar.himoyachi00000Elguja GrigalashviliGruziya30.12.1989QizilqumHujumchi190000Nemanya YovanovichSerbiya03.03.1984QizilqumHujumchi190000Andrey ShipilovRossiya23.07.1999MetallurgHimoyachi00000Pavel MatyashQirg'iziston11.07.1987AGMKDarvozabon00000Vladimir BubanyaSerbiya02.08.1989AGMKHimoyachi190000Vladislav KasmininBelarus 17.01.1990AGMKHimoyachi00000Yovan JokichSerbiya13.08.1992AGMKYar.himoyachi190100Vadim ChemirtanMoldova21.07.1987AGMKHujumchi174000Darko GojkovichSerbiya26.09.1988Qo'qon-1912Himoyachi190000Marko MilichSerbiya06.11.1987Qo'qon-1912Himoyachi190000Milan SpremoSerbiya 27.04.1995Qo'qon-1912Hujumchi00000Vitaliy MirniyUkraina03.04.1992NeftchiDarvozabon00000Vyacheslav SushkinRossiya11.03.1991NeftchiHujumchi145000
« Xabarlarga qaytish