Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 20:00
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
« Xabarlarga qaytish
OFK mutaxassisi "Chig'atoy"dagi maydon qurilishi bilan tanishdi
OFK mutaxassisi Pun Youk Yeng yurtimizga keldi. Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.Xabaringiz bo'lsa, o'tgan yilning 9 noyabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasining 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Osiyo Futbol Konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bilan uchrashib, mamlakatimizda futbolni rivojlantirishga asoslangan turli loyihalar bo'yicha o'zaro hamkorlik qilish bo'yicha kelishuvga erishgandi.Kelishuvga asosan “Chig'atoy” sport bazasidagi sun'iy qoplamali maydon OFK tomonidan ajratiladigan mablag'lar asosida to'laligicha rekonstruktsiya qilinishi belgilab qo'yilgandi.OFKning ana shu loyihasi bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar bilan tanishish maqsadida Osiyo futbol Konfederatsiyasining  futbol maydonlari qurilishi bo'yicha yuqori malakali mutaxasisi Pun Youk Yeng yurtimizga tashrif buyurdi. U  “Chig'atoy” sport bazasiga tashrif buyurib,  OFK tomonidan ajratilgan mablag' asosida quriladigan sun'iy qoplamali stadionning qurilish ishlari bilan tanishdi. Maydonni barpo qilish bo'yicha o'zining amaliy maslahalarini berib o'tdi.  Bu borada OFKning tajribasi bilan o'rtoqlashdi.Ushbu sun'iy qoplamali stadion barpo qilingandan keyin bu erda yilning istalgan faslida mashg'ulotlar olib borish va nazorat uchrashuvlari o'tkazish mumkin bo'ladi.
« Xabarlarga qaytish