Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 20:27
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
« Xabarlarga qaytish
"Dinamo" Qozog'iston klubi bilan durang o'ynadi
Toshkentdagi dastlabki yig'inning so'nggi nazorat uchrashuvida “Dinamo” jamoasi poytaxtimizda tayyorgarlik ko'rayotgan Qozog'istonning “Qayrat” klubi yoshlar jamoasiga qarshi to'p surishdi. Ushbu bahsda “Dinamo” murabbiylar shtabi ikki tarkibni sinovdan o'tkazgan bo'lsa, Olma-Otaning “Qayrat” klubi bosh murabbiyi Aleksandr Shatskix deyarli asosiy tarkib bilan to'p surdi.Nazorat bahsining dastlabki daqiqalaridan “Dinamo” hujum chizig'ida murabbiylar ko'rikida bo'lgan yangi futbolchilar – “Nasaf”dan taklif etilgan yosh futbolchi Mirza Joniqulov, toshkentlik yosh yarimhimoyachi Aram Markaryan va tajribali hujumchi Muydin Mamazulunovlar to'p surishdi.Ikkinchi bo'limning 54-daqiqasida yarimhimoyachi Jasur Azimov hisobni ochgan bo'lsa, 75-daqiqada qozog'istonliklar futbolchisi Rashid Lyuxay muvozanatni tikladi, 1:1.Qayd etish joiz, murabbiylarimiz har ikki bo'limda ikki xil tarkibni maydonga tushirishdi. “Dinamo” 5 mart kuni Toshkentdagi dastlabki yig'inni yakunlab, 6 mart kuni Samarqandda tibbiy ko'rikdan o'tadi. Navbatdagi yig'in ham 9 mart kunidan poytaxtimizda tashkil etilishi rejalashtirilgan.Nazorat uchrashuvi. Toshkent.4 mart (yakshanba)«DINAMO» - «QAYRAT» (Qozog'iston) - 1:1Gollar: Jasur Azimov 54 – Rashid Lyuxay 75.«Dinamo»: Shohruh Eshbo'taev, Mirkomil Lokaev, Viktor Grigorev, Hakimxon A'lamxonov, Aziz Suyunov, Akmal Bozorov, Jasur Azimov, Ilhom Yunusov, Mirza Joniqulov, Aram Markaryan, Muydin Mamazunuov.«Dinamo» (2-bo'lim): Rustam Toshturdiev, Bunyod Isroilov, Firdavs Abdusalimov, Abdullo Abdulloev, Temur Fayzullaev, Komil Sharofutdinov, Damir Temirov, Jasur Qurbonov, Elbek Otaqulov, Farrux Shotursunov, Maradon Safarov.Eslatib o'tamiz, “Dinamo” Pro-Liga 1-turi doirasida 25 mart kuni G'uzorda “Sho'rtan” jamoasi mehmoni bo'ladi.
« Xabarlarga qaytish