Xayirli tong, Mehmon!
Soat: 08:49
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
« Xabarlarga qaytish
Andrey Shipilov: "G'alaba qozonganimizda kayfiyatimiz ham boshqacha bo'lardi"
"Metallurg" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Andrey Shipilov hamda jamoa sardori Zohid Abdullaev matbuot anjumanida qatnashishdi. Andrey Shipilov: - Bugun teng kuchli raqiblarning to'qnashuviga guvoh bo'ldik. Qayd etilgan natija o'yinga mos bo'ldi, deb o'ylayman. Vaziyatlar ikkala jamoada ham bo'ldi. Uchrashuv so'ngida bosimni oshirdik. Yutib ketishimiz ham mumkin edi. Omadimiz chopmadi. Agar g'alaba qozonganimizda kayfiyatimiz ham boshqacha bo'lardi. Hozir esa bir ochko bilan qanoatlanishga majburmiz. Klub rahbariyati jamoani shakllantirish uchun katta ko'mak berdi. Inson hamisha bugungidanda yaxshiroq bo'lishini xohlaydi. Nasib bo'lsa o'yinimiz yurishib ketsa, muxlislarimiz jamoaning kuchiga o'zlari baho berishadi.Zohid Abdullaev, jamoa sardori, uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi: Bugun Bekobodda katta futbol bayrami bo'ldi. Biz muxlislarimizdagi kayfiyatni yanada ko'tarishni xohlagandik. G'alabani ko'zlab maydonga chiqdik. Biroq jamoa tarkibini ko'rdilaringiz, to'qson foizga yangilangan. Shu sababli ham o'yinimiz biroz qovushmadi. Murabbiylarning ko'rsatmasini yuz foiz bajara olmadik. Xudo xohlasa keyingi o'yinlarda bundanda katta g'ayrat-shijoat ko'rsatib, ishqibozlarimizni xursand etamiz.
« Xabarlarga qaytish