LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 12:41
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
« Xabarlarga qaytish
“Andijon” o'z safiga ikki “qaldirg'och”ni qo'shib oldi
Ayni damda Toshkentda yig'in o'tkazayotgan “Andijon” jamoasi o'z safiga yangi futbolchilarni qo'shib olishda davom etmoqda. Xususan, “burgutlar” Toshkentning “Bunyodkor” yoshlar jamoasidan darvozabon Javohir Qilichev bilan yarim himoyachi Doniyor Abdumannopovni o'z tarkibiga qo'shib olgan.  Ushbu futbolchilar asli Andijon futboli tarbiyalanuvchilari ekanligini aytish lozim. Bundan bir necha yil oldin “qaldirg'ochlar”ning selektsionerlari Qilichev va Abdumannopovni iqtidorini o'z vaqtida payqab, “Bunyodkor”ga taklif etgandi. Endilikda ushbu iqtidorli futbolchilar “Andijon” sharafini himoya qiladi.  
« Xabarlarga qaytish