Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» UzDERBI.NET - futbol yangiliklari
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
« Xabarlarga qaytish
“Iftixor” o'z tarkibini kuchaytirmoqda
PRO-Liga debyutanti “Iftixor” jamoasi ham yangi mavsumga puxta hozirlik ko'rishga xarakat qilmoqda. Avval xabar berganimizdek, jamoaga yaqinda Abdusamad Do'rmonov bosh murabbiy etib tayinlandi. Unga Nodirbek Qo'ziboev yaqindan yordam bermoqda. Oltiariqliklar ayni damda o'z qarorgohida kuniga bir mahaldan mashg'ulot o'tkazmoqda.Tarkibni kuchaytirish maqsadida “Neftchi”ning sobiq o'yinchilariga aylanib ulgurgan, himoyachi Murod To'ychiboev, yarim himoyachi Mansur Saidov hamda hujumchi Sherzod Hakimov taklif etilgan. Bundan tashqari yaqinda “So'g'diyona” bilan xayrlashishga qaror qilgan hujumkor yarim himoyachi Umid Qodirov ham yangi mavsumni “Iftixor”da o'tkazadigan bo'ldi.
« Xabarlarga qaytish