LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 20:22
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
« Xabarlarga qaytish
OChL. "Nasaf"ning taxminiy tarkibi
Bugun Qarshida "Nasaf" Qatarning "Al Sadd" jamoasini qabul qiladi. OChL 3-turidan o'rin olgan ushbu bellashuv 18:30da start oladi.OChL-2018"S" guruhi, 3-tur"Markaziy" stadion, Qarshi05.03.2018. 18:30"Nasaf" (O'zbekiston) – "Al Sadd" (Qatar)"Nasaf"ning bugungi o'yiniga o'zimizning taxminiy tarkibimizni berib o'tamiz. Demak, Ro'ziqul Berdiev bugun "Al Vasl"ga qarshi o'ynagan tarkibni qo'yishini taxmin qilayapmiz.Qarshiliklar bugun 4-2-3-1 sxemasida maydonga tushishlari ehtimoli katta. Bunda, Hamrobekov haqiqiy tayanch yarim himoyachisi vazifasini bajarsa, G'aniev markazga yaqin o'ynaydi va hujumlarni rivojlantiruvchi bo'ladi. Qanotlarda vingerlik Hasanov va Kenjaboev zimmasiga tushadi. Cheran hujumchi ortida o'ynasa, Abdixoliqov markaziy hujumchi rolini bajaradi. Cheran kechagina mashg'ulotlarga qaytdi va qay darajada tayyor ekanligi noma'lum. Lekin, bugun Dragan maydonga tushsa kerak.Shuningdek, raqibning hujum chizig'i kuchli ekanligini inobatga olib Ro'ziqul Berdiev bugun 3ta markaziy himoyachi bilan ham o'ynashi mumkin. Lekin, "Nasaf" o'z maydonida to'p tepishini inobatga olgan holda yuqoridagi tarkib va sxemani taxmin qildik."Nasaf"ning taxminiy tarkibi: Sanjar Quvvatov - Slavko Lukich, Igor Golban, Umar Eshmurodov, Saydullo Rahmatov - Odil Hamrobekov, Azizjon G'aniev - Jasur Hasanov, Islom Kenjaboev, Dragan Cheran - Bobir Abdixoliqov.
« Xabarlarga qaytish