Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:50
Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
« Xabarlarga qaytish
Udine prokurori: "Astori o'limiga sabab bo'lgan asosiy taxmin - yurak to'xtashi"
Udine shahri prokurori Antoni De Nikolo "Fiorentina" sardori Davide Astorining mahalliy mehmonxonadagi o'limi haqida ma'lumotlarni e'lon qildi. "Asosiy taxmin - futbolchining yuragi to'xtab, vafot etgan. Bunaqasi doimo tekshiruvlardan o'tib yuradigan professional futbolchi bilan sodir bo'lishi g'alati, ammo boshqa tuzukroq muammo topa olmadik.Tashqi tekshiruv o'tkazildi, hozir sudmedekspert hisobotini kutyapmiz. Politsiya o'yinchilar va jamoa shifokorini so'roq qildi. Bu sodir bo'lgan ishni aniqlashga yordam berishi mumkin.Ertaga uni yorib ko'rish kerakligi borasida bir qarorga kelamiz. Agar futbolchining yuragida muammo bo'lganida - sezilgan bo'lardi.Bu voqeadan to'g'ri xulosa chiqarib, bu kutilmagan o'limmi yoki avvalroq aniqlash kerak bo'lgan muammo ekanligini tushunish lozim" - deydi Di Nikolo.
« Xabarlarga qaytish