Xayirli tong, Mehmon!
Soat: 09:33
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
« Xabarlarga qaytish
Mamazulumov "Dinamo"da
Pro-Liga bahslariga Toshkentda tayyorgarlik ko'rayotgan “Dinamo” jamoasi tarkibi kuchaytirilmoqda. O'tgan haftada jamoa safiga “Mash'al”dan Maradona Safarov, “So'g'diyona” darvozaboni Shohruh Eshbo'taev, “Qizilqum” himoyachisi Viktor Grigorev kelib ko'shilgani haqida ma'lumot bergandik. Kuni kecha esa “Dinamo” tarkibiga o'tgan mavsumni Farg'onaning “Neftchi” klubi safida o'tkazib, 9 gol bilan farg'onaliklar to'purari bo'lgan Muydin Mamazulunov kelib qo'shildi. Tajribali hujumchi jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.“Dinamo” 5 mart kuni Toshkentdagi dastlabki yig'inni yakunlab, 6 mart kuni Samarqandda tibbiy ko'rikdan o'tadi. Navbatdagi yig'in ham 9 mart kunidan poytaxtda tashkil etilishi rejalashtirilgan.Eslatib o'tamiz, “Dinamo” Pro-Liga 1-turi doirasida 25 mart kuni G'uzorda “Sho'rtan” jamoasi mehmoni bo'ladi.
« Xabarlarga qaytish