Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» Yangi taronlar,chiroyli rasmlar kanali
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
« Xabarlarga qaytish
"So'g'diyona" muxlislari uchun yangiliklar
“Co'g'diyona” jamoasining Superligada ishtirok etayotganligi jizzaxlik futbol ishqibozlarni quvontirgani shubhasiz. "So'g'diyona" PFK rahbariyati joriy mavsumda muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida ish olib bormoqda.Klub rahbariyati "Neftchi"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin oldidan ajoyib yangilik haqida xabar beradi ya'ni bu mavsumda "So'g'diyona" o'y uchrashuvlarini bevosita stadiondan turib tomosha qilish istagida bo'lgan yurtdoshlarimiz uchun chiptalar narxi 5000 so'm, bolalar uchun esa 2000 so'm etib belgilandi. Bu hali hammasi emas. Ushbu mavsum davomida siz "So'g'diyona" jamoasining o'y uchrashuvlarni tomosha qilish uchun stadionga bepul kirisham imkoniyatiga ham ega bo'lishingiz mumkin. Buning uchun "So'g'diyona"ning rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida jamoa tarixiga oid savollarga javob topishingiz kerak bo'ladi. Savollarga javob topib chiptalar hamda sovg'alarga ega bo'lishingiz mumkin.Savollar tez orada ijtimoiy tarmoqlar orqali e'lon qilinadi. Bu hali hammasi emas. Bizni kuzatib boring. 
« Xabarlarga qaytish