Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» Yangi taronlar,chiroyli rasmlar kanali
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
« Xabarlarga qaytish
Lutfulla To'raev: "Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana ololmadik"
Kecha Olmaliqning AGMK jamoasi Superliganing 1-tur uchrashuvini Toshkentning "Bunyodkor" jamoasiga qarshi o'tkazdi. Ushbu bahsda tomonlar murosa yo'lini tanlashdi 1:1. Qiziqarli kechgan o'yindan so'ng AGMK futbolchisi Lutfulla To'raev o'z fikrlarini bildirib o'tdi."Chempionatdagi birinchi uchrashuvni "Bunyodkor" jamoasiga qarshi o'tkazdik. Ushbu bahs juda ham qiyin bo'ldi. Ushbu uchrashuvga a'lo darajada tayyorgarlik ko'rgan edik. 1:0 hisobida oldinda borayotib yana gol urishimiz uchun 3ta qulay vaziyat yaratgandik, afsuski yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana ololmadik. Bu bahsni esimizdan chiqarib keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. "Bunyodkor"ga qarshi uchrashuvga himoyaviy o'yin ko'rsatib qarshi hujumga o'tish taktikasini tanlagan edik", - deydi Lutfulla To'raevJahongir Sotvoldiev yozib oldi
« Xabarlarga qaytish