Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 02:36
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
« Xabarlarga qaytish
"Real" futbolchilari yiliga qancha maosh olishadi?
Madridning "Real" klubi futbolchilari yiliga qancha maosh ishlab topishlarini bilasizmi? Saytimiz o'quvchilari orasida "qirollik klubi" muxlislari ko'plab topiladi. Hozir sizlarga "Real" futbolchilarining yiliga qancha maosh ishlab topishlarini taqdim etaman.O'z-o'zidan birinchilardan bo'lib ro'yxatni darvozadan boshlaymizDARVOZABONLARKeylor NavasKostarikalik darvozabon Keylor Navasning yillik maoshi 5 mln. evro, Kiko Kasalyas esa 1,7 mln. evro ishlab topadi.Keylor jamoaning asosiy darvozaboni hisoblanadi. Navas la Liga, EChL, Superkubok UEFA va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida muntazam ravishda ishtirok etib keladi.KasilyaKasilya Ispaniya kubogi bahslarida ishtirok etib kelayotgan edi. Kasilya endi aniq Ispaniya kubogi bahslarida ishtirok etmaydi. Chunki, ushbu darvozabon "Real"ni tark etdi. Keylor Navas jarohat olganida Kasilya La Liga bahslarida ishtirok etgan. Uchrashuvlardan birini "Atletiko" jamoasiga qarshi o'tkazdi. Shuningdek Kasilya EChL musobaqasida "Tottenxem" va "Apoel" jamoalariga qarshi o'yinlarda ham maydonga tushgan.HIMOYaChILARTeo ErnandesYozgi transfer vaqtida "Real"ga ko'chib o'tgan himoyachi Teo Ernandes tahminan yiliga 3 million evro ishlab topadi. Uning pozitsiyasida Marselo harakat qiladi. Shuning uchun ham Teo har doim asosiy tarkibdan joy olavermaydi.Dani KarvaxalDani Karvaxal dunyoning eng yaxshi o'ng qanot himoyachilaridan biri hisoblanadi. Dani Karvaxal "Real" tarkibida yiliga 5 million evro ishlab topadi.MarseloBraziliyalik himoyachi Marselo "qirollik klubi"da yiliga 5,8 million evro maosh ishlab topadi. Himoyachi ushbu pullarni shunchaki ishlab topmaydi, Marselona chindan ham kamroq maosh to'lashadimi?Rafael VaranRafael Varan ham Marselo kabi yiligi 5,8 millon evro ishlab topadi. Varan "Real" tarkibida muntazam ravishda maydonga tushadi. EChL musobaqasida kichik jarohati borligi bosi "Tottenxem"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborgan. Mushaklaridagi jarohat bois La Liganing 7ta uchrashuvini o'tkazib yuborgan. Jamoa bosh murabbiyi Zidan kubok bahsida Varanni jamoa sardori sifatida maydonga tushirgan.Serxio RamosSerxio Ramos dunyodagi eng ko'p maosh oluvchi himoyachilardan biri hisoblanadi. Ispaniyalik futbolchi "Real" tarkibida o'n ikki yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Ramos "Real" tarkibida yiliga 12 million evro maosh ishlab topadi. Himoyachi juda ham ko'p uchrashuvlarda asosiy tarkibda maydonga tushadi, ammo har doim ham barqaror o'yin ko'rsata olmaydi. So'nggi paytlarda Ramos 90+ daqiqadan so'ng, muhim golni raqib darvozasiga kiritishiga o'rganib qolganmiz.YaRIM HIMOYaChILARLuka Modrich va Toni KrossXorvatiyalik Luka Modrich jamoa safida yiliga 10,5 million evro maosh oladi. Germaniyalik Toni Kross esa yiliga sal kam 12 mln. evro maosh oladi. Ushbu ikki futbolchi maydon markazida jamoaning o'yinini tashkil qiladi. Ular jarohat olganida esa, "Real"ga oson bo'lmaydi.IskoHozirgi kunda Isko juda ham yaxshi sport formasida. Transfer avvalida Iskoni "Yuventus" o'z tarkibiga qo'shib olishga harakat qilayotgan edi. Shuningdek Kataloniyaning "Barselona" jamoasida ham qiziqish paydo bo'lgandi. Ayni damda Isko dunyoning eng kuchli jamoalaridan birida faoliyat olib bormoqda. Yarim himoyachi "Real" tarkibida yiliga 6 million evro maosh ishlab topadi.KazemiroKazemironi unchalik yaxshi tayanch yarim himoyachisi deya e'tirof etishmaydi. Kazemiro dunyodagi eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi bo'lmasa ham yiliga 5 million evro ishlab topadi. Shuningdek, Kazemiro o'tgan yili EChL final bosqichida №Yuventus" darvozasiga g'alaba to'pini kiritgan.Mateo KovachichYarim himoyachilar ro'yxatini Kovachich bilan yakunlaymiz. Mateo "Real" tarkibida yiliga 4,5 million evro maosh ishlab topadi. Futbolchi jamoaning asosiy yarim himoyachisi hisoblanmaydi. Lekin, unda maydonga tushish uchun imkoniyat paydo bo'lganida ishonchni oqlaydi. Misol uchun Ispaniya Kuperkubogida Messini qanday qilib to'xtatib qolgani bunga yaqqol misol.HUJUMChILARLukas Vaskes Ispaniyalik Lukas Vaskes yiliga 3,5 million evpr ishlab topadi. Vaskes barcha musobaqalarda ishtirok etib 38 uchrashuvda maydonga tushgan. Vaskes faqat kubok bahslarida asosiy tarkibda maydonga tushadi. Uning vatandoshi Marko Asensio esa yiliga Vaskesdan bir million evro ko'proq, ya'ni 4,5 million evro maosh oladi. Marko Asensio jamoa tarkibida 37 uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi.Karim BenzemaKarim Benzema yiliga deyarli 9 million evro ishlab topadi. Ushbu mavsumda Benzema raqiblar darvozasini 8 marotaba ishg'ol qilgan. Shunday bo'lsada jamoa bosh murabbiyi  Zinedin Zidan uni qo'yib yuborishni istamayapti. "Real" prezidenti Florentino Peres esa buning aksini amalga oshirmoqchi. Peres Benzemaning o'rniga Keyn va Levandovskini olib kelish niyatida.Garet BeylUelslik Garet Beyl yiliga 20 million evro ishlab topadi. Beyl 25 uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasini 10 marotaba ishg'ol qilgan va 7 marotaba golli uzatma oshirgan. Beyl yaxshi futbolchi, lekin u jarohatlar girdobidan chiqa olmayabdi. Futbolchining faoliyatida qanday o'zgarishlar bo'lishini kuzatib boramiz.Krishtianu Ronaldu"Real" klubining asosiy figuralaridan biri portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Ronalduning shartnomasida yiliga 32 million evro maosh olishi ko'rsatilgan. Shunday bo'lsada klub yiliga uning soliqlarini to'laydi, shundan qolgan 21 million evro Ronalduning qo'liga tegadi. Ko'pchilik futbol muxlislari Beyl Ronaldu bilan yiliga deyarli bir xil maosh olishi mumkin, deb o'ylashi aniq. Hozir buni tushuntirib o'taman. Garet Beyl yiliga 20 million evro maosh oladi va shundan 5 million evrosi davlatga to'lanadi. Shunda Beylning qo'liga 15 mln. evro tegadi.sports.ru saytidan Jahongir Sotvoldiev tayyorladi
« Xabarlarga qaytish