LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 19:19
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
« Xabarlarga qaytish
Samolyotlar Messining uyi ustidan uchishi mumkin emas. Bu haqiqatmi?
Barselonadagi xalqaro aeroport - El-Prat kengaytirilishi Lionel Messi tufayli to'xtatildi. Kataloniyada joylashgan Vueling Airlines aviakompaniyasi prezidenti Xaver Sanches-Prietoning fikri shunday. "Messi shu yaqin o'rtada istiqomat qilgani uchun aeroportni kengaytirish mumkin emas. Bunaqasi dunyoning hech bir joyida bo'lmaydi" - deydi Sanches-Prieto. Rasmiy ma'lumotga ko'ra, aeroport kengaytirilishi Gava va Kasteldefels shaharchalarining ekologiyasiga salbiy ta'sir qilgani uchun bekor qilindi.Messining uyidan (Bellamar tumani) aeroportgacha 10 km, Barselona markazigacha esa 20 km. 1992 yilda Kasteldefels eshkak eshish bo'yicha olimpiya musobaqasiga mezbonlik qilgan va shahardagi kanaldan hozirgacha foydalaniladi.Bu butun viloyat uchun ahamiyatli joy, Barselonaning boylar yashaydigan hudidi. Leoning jamoadoshlari - Luis Suares, Andre Gomesh va Filippe Koutinolar ham shu erda istiqomat qilishadi. Gava va Kasteldefelsdagi villalarning narxi - 5 mln. evro, bu narxdan bir necha baravar qimmatroqlarini ham uchratish mumkin.Messi 6 yil avval O'rtaer dengizi qirg'og'idan uy sotib olgan va o'sha paytdan beri o'zi yashaydigan joyni kengaytirib kelmoqda. "Barsa" yarim himoyachisi Ivan Rakitich Leo uyini qaytadan qurgani haqida aytib bergan: "Leo tinchlikni juda xohlaganidan qo'shni villalarni ham sotib olgan. Ushbu uylarning qayta qurilishiga kamida 2 mln. evro ketgan".Leoning Kasteldefelsdagi erlari 10000 kvadrat metrni tashkil qiladi: Ushbu hududda bolalar uchun ikkita o'yin maydoni, hovuz, trenajer zali va futbol maydoni mavjud. Shahar ustidan uchib o'tish haqiqatdan ham mumkin emas, ammo bunga Messining aloqasi yo'q.Bir necha hafta oldin Ispaniya hukumati 2022 yilgacha "El-Prat"da yangi terminal qurish qarorini imzolagan edi - bu yo'lovchilar oqimini 47 mln.dan 70 mln.ga etkazish imkonini beradi. Ayni damda aeroport turistlarni qabul qilishga ulgurmayapti, Kataloniya byudjeti esa ta'mirlashga pul ajratadigan darajada emas. Katta loyiha doirasida qo'shimcha yo'lak qurish variantlarini ham ko'rib chiqishadi, ammo buni amalga oshirish qiyin: Aeroport sohilda joylashgan va samolyotlar qo'nish yo'lakchasiga dengiz tomondan kelishadi.Gava va Kasteldefels ustidan uchib o'tish taqiqi Messining oilasi bu erga ko'chib kelishidan avval o'rnatilgan va Sanches-Prieto bu haqda juda yaxshi biladi. Hamma gap shovqin darajasi va tozalikka rioya qilish talablarida. Lekin dengizda qattiq shamol ko'tarilganida samolyotlar baribir mashhurlar ustidan uchib, ularni g'azablantiradi.
« Xabarlarga qaytish