Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 19:31
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
« Xabarlarga qaytish
FOTOFAKT! Xavi nima uchun Qarshiga kelmagani ma'lum bo'ldi
Xabaringiz bor, ertaga Qarshi shahrida OChL 3-turi doirasida "Nasaf" - "Al Sadd" uchrashuvi bo'lib o'tadi. Qatar klubi Qarshiga kecha charter reys bilan uchib keldi. Delegatsiya orasida jamoa sardori afsonaviy futbolchi Xavi yo'q edi. Saytimiz orqali oldinroq Xavi jarohat sabab "Nasaf" bilan o'yinga kela olmasligini ma'lum qilgan edik. Hozir esa ispaniyalik maestro aynan qanday jarohat sabab yurtimizga kelmaganini fotofakt orqali keltiramiz.Payshanba kuni Qatar chempionati doirasida "Al Duhayl" bilan uchrashuvda Xavi oyog'ining orqa mushagidan jarohat olgan. Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi.Uchrashuvning birinchi bo'limida Xavi oyog'ining mushaklarida og'riq sezgan va uning o'rniga Akrom Afif maydonga tushirilgan. Keyinchalik futbolchi klub shifokorlari yordamida tibbiy ko'rikdan o'tkazildi va uning mushaklarida jiddiy jarohat borligi aniqlandi. Uning to'liq safga qaytishi uchun 3 hafta vaqt kerak bo'ladi."Al Sadd" matbuot xizmati Xavining oyog'iga qon aylanishni yaxshilovchi va oyoq mushaklarini massaj qiluvchi maxsus moslama qo'yilayotgan suratlarni chop etdi.
« Xabarlarga qaytish