Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 01:46
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
« Xabarlarga qaytish
“Bunyodkor” muxlislarni stadionga chorlaydi!
Yurtimizga bahor bilan birga katta futbol bayrami ham kirib keldi. Mamlakatimizning 6ta stadionida O'zbekiston XXVII chempionati tantanali ravishda ochilishi belgilangan. Bu bilan yangi formatdagi Superliga o'yinlariga start beriladi. Jumladan, 3 mart kuni “Bunyodkor” stadionida yangi chempionatning tantanali ochilish marosimi rejalashtirilgan. Avvalo, muxlislar uchun barcha sharoitlar yaratilganini alohida ta'kidlashni istar edik. Chiptalar narxi o'tgan yil bilan solishtirganda ikki barobar arzonlashtirilgan: markaziy tribunalarga chiptalar 8 ming so'mdan sotilmoqda. Stadion hududida engil tamaddi va ichimliklar savdosi yo'lga qo'yilgan. Oilaviy tashrif buyuruvchilar uchun alohida sektorlar ajratilgan.Superliga 1-turi doirasida “Bunyodkor” Olmaliqning AGMK jamoasini qabul qiladi va mazkur uchrashuv soat 20:00da boshlanadi. Undan avval esa muxlislar O'zbekiston xalq artisti G'ulomjon Yoqubov hamda yoshlarning sevimli xonandasi Davron Ergashev ijrosidagi kontsert dasturidan bahramand bo'lishlari mumkin. Tanaffusda esa “Omadli chipta sohibi” lotereyasi tashkil etiladi.Biz barcha futbol muxlislarini zamonamizning eng ko'rkam sport inshooti – “Bunyodkor” stadioniga taklif etamiz! Chiptalar stadion kassalarida sotilmoqda.
« Xabarlarga qaytish