Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» Yuklamalar ombori (Vip)
» Uzderbi.net - futbol yangiliklari
« Xabarlarga qaytish
"Barselona" - "Atletiko"
Bugun, 4 mart kuni Toshkent vaqti bilan 20:15da "Barselona" hamda "Atletiko" o'rtasidagi LaLiga 27-turining markaziy uchrashuviga start beriladi. Ushbu uchrashuvga oid ma'lumotlar, jamoa haqida yangiliklarni mana shu prevyuda bilib olasiz.Turnir jadvalidagi holatUshbu o'yinda chempionat g'olibligi uchun kurashayotgan asoiy da'vogarlar kuch sinashadi. "Barselona"ning "Las-Palmas"ga qarshi bahsdagi omadsizligi intrigani qaytardi. Biroq "matraschilar" shunchaki Kataloniya klubi ortida o'tirish o'rniga, qolgan barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonishi kerak. Ko'k-anorranglilar hozirgacha LaLigada 66 ochko to'pladi, raqib esa 5 ochko orqada. Bu o'yinda madridliklarni nafaqat muxlislar, balki "Real" va "Valensiya" ham qo'llab-quvvatlaydi.Jamoa yangiliklari"Barselona"Vueling Airlines aviakompaniyasi o'z prezidenti Xaver Sanches-Prietoning "Barselona" hujumchisi Lionel Messi nomiga aytgan so'zlari uchun uzr so'rashiga to'g'ri keldi. "Biz hech qachon biror futbolchi bilan bahslashishni xohlamaganmiz. Messi bizga hech qanday muammo tug'dirmaganligini tasdiqlay olamiz" - deyiladi kompaniya matbuot-xizmati bayonotida. Oldinroq, Sanches-Prieto Barselonadagi yangi terminal Lionel Messining uyiga yaqin ekanligi tufayli qurilmasligini aytgan edi. "Messi shu yaqin o'rtada istiqomat qilgani uchun aeroportni kengaytirish mumkin emas. Bunaqasi dunyoning hech bir joyida bo'lmaydi" - deydi Sanches-Prieto. Rasmiy raddiyaga ko'ra, aeroport kengaytirilishi Messi yashaydigan Gava shaharchasining ekologiyasiga salbiy ta'sir qiladi."Barselona" hamda "Las-Palmas" o'rtasidagi LaLiganing 26-tur o'yinida (1:1) Kataloniya klubi darvozasi tomon belgilangan penalti ko'pchilikda shubhaga sabab bo'ldi. 11 metrlik nuqtani ko'rsatgan Mateu Laos "Barselona"ning rekordini yakunladi. LaLiga doirasidagi 78ta uchrashuvda ko'k-anorranglilar darvozasi tomon penalti belgilanmagan edi. Klub bu rekordni o'rnatishi uchun 2 yil kerak bo'ldi."Atletiko""Atletiko" yarim himoyachisi Tomas Parti klub bilan shartnomasini 2023 yilning yozigacha uzaytirdi. "Men doimo ter to'kib mehnat qilishga harakat qilaman, asosiy jamoagacha etib kelish juda qiyin bo'ldi. Bu klub safida to'p tepayotganimdan faxrlanaman. O'yin amaliyotiga ega bo'lyapman va bundan mamnunman. Jamoamiz yaxshi formada va so'nggi vaqtlarda ko'plab gollar urmoqda. Yuqori o'rinlar uchun kurashni davom ettiramiz" - deydi Tomas. Ganalik yarim himoyachi 2011 yildan beri "Atletiko" klubida shug'ullanmoqda. Joriy mavsum 24 yoshli Tomas LaLiganing 24ta uchrashuvida ishtirok etdi va 3ta gol urdi."Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann "matraschilar" safida 100-golini urdi. Frantsiyalik "Leganes"ga qarshi bahsda (4:0) poker qayd etdi. Ayni damda uning madridliklar safida urgan gollari soni 103ta. So'nggi to'rt mavsumda ispan klublari orasida Grizmanndan faqat Lionel Messi "("Barselona" - 183), Krishtianu Ronaldu ("Real" - 182), Luis Suares ("Barselona" - 144) va Arits Aduris ("Atletik" - 104) ko'p gol urdi. Grizmann 2014 yilda "Real Sosedad"dan "Atletiko"ga o'tgan edi. O'sha paytdan beri frantsiyalik futbolchi poytaxt klubi safida 192ta o'yin o'tkazdi (barcha turnirlarda).Asosiy futbolchilarLionel Messi"Barselona"ning argentinalik hujumchisi uzoq vaqtdan beri yuqori saviyada to'p tepmoqda va aynan shu tufayli Kataloniya klubi barcha turnirlarda g'oliblik uchun kurashib kelmoqda. Messi xotirjamlik bilan yangi rekordlar qo'ymoqda va erishilgan natijalar bilan to'xtab qolishni istamayapti. Ma'suliyat yuqori bo'lgan o'yinlar, "Atletiko" bilan uchrashuv - aynan shunday bahslar safiga kiradi, Lionelni yanada ko'proq ilhmolantiradi. Messi ba'zida uzoq vaqt davomida maydonda ko'rinmay qolsada, uning etakchilik sifatlari shubhaga borishimizga yo'l bermaydi, Leoning o'yinni his qilish qobiliyati yildan-yilga kuchayib bormoqda.Antuan GrizmannLaLiganing so'nggi turida "Atletiko" "Leganes"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdagi barcha gollarga Antuan mualliflik qildi. Bundan tashqari, avvalgi turdi frantsiyalik faoliyatidagi birinchi xet-trikni qayd etdi, endi esa poker. Antuan xohlagan uslubida gol urmoqda: Bosh bilan, qarshi hujumda, jarima zarbasidan... "Atletiko" natijalari Grizmannga bog'liq bo'lib qolmoqda. "Barselona" bilan bahsda "Sosedad" sobiq futbolchisi ajoyib formada ekanligini yana bir bor isbotlab, "bu vaqtincha" degan tanqidchilarga chiroyli javob berishi mumkin.Taxminiy tarkiblar"Barselona": Ter Shtegen, Alba, Yumtiti, Pike, Roberto, Paulino, Buskets, Koutino, Inesta, Suares, Messi."Atletiko": Oblak, Luis, Godin, Ximenes, Xuanfran, Partey, Niges, Koke, Korrea, Kosta, Grizmann.O'yindan avvalgi firklarErnesto Valverde: "Atletiko" bilan bahs katta e'tibor yig'a oladigan uchrashuvlar sirasiga kiradi. Ikki jamoa ham kuchli va 3 ochko olishni istaydi. "Barselona" bu o'yinda g'alaba qozonish uchun bor kuchini ishga solishi kerak. "Kamp Nou" bizni qo'llab-quvvatlashdan charchamaydi deb umid qilaman. Muxlislarning shovqiniga umid qilaman.Serxio Buskets: Biz hali ham yaxshi holatdamiz, ustunlikka egamiz, biroq yakshanba kuni bizni og'ir kurash kutib turibdi. "Las-Palmas"ga qarshi uchrashuvda ikki muhim ochkodan ayrildik, biroq raqibning turnir jadvalidagi o'rnidan qat'iy nazar bahs qiyin o'tishini bilardik.Diego Simeone: Transfer oynasi hamma uchun bir kunda yopilsa yaxshi bo'lardi. Shundagina futbolchi, murabbiy va klublar o'zini xotirjam his qila olardi. Boshqa odamlarning shaxsiy ishiga burin tiqmayman. Gap moliyaviy foyda haqida ketayotgan bo'lsa, mayli, bu uning qarori. Futbolda hech narsa meni hayron qoldira olmaydi. Bunday narsalar doimo sodir bo'ladi.Filipe Luis: Hech qachon "Kamp Nou"da g'olib bo'lmaganman. Bu men uchun chaqiruv. Barselonadagi maydon boshqacharoq: Juda keng va uzun. So'nggi yillarda biz u erda g'alabaga yaqin bo'ldik, shu sababli nega endi bu ishni navbatdagi bahsda bajarmasak? Durang? Yo'q, men hech qachon durang uchun o'ynaganman. Biz g'alaba qozonishni istaymiz. Hozir yaxshi natijaga erishish uchun ajoyib payt. "Barselona" kuchli jamoa, futbolchilari ham, biroq bizda albatta imkoniyatlar bo'ladi.Messi qanotiga biriktirilgan futbolchi doimo aziyat chekadi. U qanotdan-qanotga o'tib doimo vaziyat qidiradi. Messining to'xtatish qiyin, shu sababli u ko'p qirrali futbolchi. Leoni to'xtatishning eng yaxshi yo'li - unga ikki futbolchini biriktirib qo'yish.Bahsga oid qiziqarli ma'lumotlar- "Barselona" uyida o'tkazgan 24ta uchrashuvning (LaLiga) 22tasida g'alabaga erishgan.- Kataloniya klubi uyidagi 24ta o'yinning (LaLiga) 23tasida kamida 2tadan gol urishga muvaffaq bo'lgan.- "Atletiko" so'nggi oltita uchrashuvning barchasida g'alaba qozonib kelmoqda (LaLiga).- "Barselona" "Atletiko"ga qarshi o'tkazgan so'nggi 17ta uy uchrashuvida mag'lub bo'lmay kelmoqda (barcha turnirlarda).- "Atletiko" so'nggi 6ta o'yinning 5tasida darvozasini "quruq" saqlay oldi.- "Matraschilar" so'nggi 3ta o'yinda kamida 2tadan gol urishdi. Barselona Primera Divizion . 27-tur 04/03/2018, 20:15 - : - Boshlanmadi
« Xabarlarga qaytish