Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:53
Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
« Xabarlarga qaytish
2-liga. "Ahmad Yassaviy" mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda
Kelasi mavsumda PRO ligada ishtirok etishni maqsad qilgan Toshkent viloyatining "Ahmad Yassaviy" jamoasi 2-ligaga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Vohid Xolboev murabbiylik qilayotgan jamoa o'rtoqlik uchrashuvlariga zo'r bergan. Xususan, jamoa bugun Qibrayda "Paxtakor" yoshlariga qarshi maydonga chiqib, 6:3 hisobida g'alaba qozondi. Aytish kerak, "Ahmad Yassaviy" bungacha "Bunyodkor" yoshlarini (3:1), mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, "Surxon"ga (2:4) yutqazib qo'ygan.Rejaga ko'ra, jamoa shu yilning o'zidayoq PRO ligada ishtirok etishi lozim edi, biroq ayrim sabablarga ko'ra bu amalga oshmay qoldi.Bosh murabbiy Vohid Xolboevga Asqar Jadigerov yordam berib kelmoqda.
« Xabarlarga qaytish