Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:54
Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
« Xabarlarga qaytish
"Manchester Siti" jarimaga tortildi
Angliya kubogi doirasida "Uigan"ga qarshi o'yinda futbolchilari nazoratini yo'qotgani uchun "Manchester Siti" FA tomonidan 50 ming funt jarimaga tortildi. Chempionship etakchisi "shaharliklar" ustidan 1:0 hisobida g'alabaga erishib, kubokdan chiqarib yuborgandi.Delf raqibga qo'pol o'ynab, qizil kartochka olgani sababli "Siti" butun ikkinchi bo'limni bir kishi kam bo'lib o'tkazgandi. "Shaharliklar" vakillari o'sha vaqtdan keyin g'azablandi va hakam Entoni Teylorni ziddiyat markazida qoldirdi.FA rasmiy xabariga ko'ra, klub aybini tan olgan va 50 ming funt jarima to'lab bergan.Bu hammasi emas. Final hushtagi chalinganidan keyin Serxio Aguero "Uigan" muxlisini qo'rqitgan. Bu esa e'tibordan chetda qolgan. Shuningdek, tashkilot Gvardiola taqib yurgan sariq tasmani siyosiy ramz deb hisoblagan. Dushanba kunigacha Pep bu borada o'z javobini berishi kerak.
« Xabarlarga qaytish