
“Lokomotiv” jamoasi 6 mart kuni OChL-2018 guruh bosqichi 3-turi doirasida safarda Qatarning “Al Duhail” jamoasi mehmoni bo'ladi. “Temiryo'lchilar” jamoasi bugun 18:00da Dohaga charter reys orqali yo'l oladi. Murabbiylar shtabi Qatarga 20 nafar futbolchi olib ketishni lozim topishdi. Jarohatidan tiklangan Nivaldo ham jamoa bilan birgalikda safarga yo'l olmoqda.“Lokomotiv”ning Qatarga ketayotgan tarkibi:Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov, Mamur Ikromov.Himoyachilar: Islom To'xtaxo'jaev, Salim Mustafoev, Oleg Zoteev, Boburbek Yuldashov, Shuhrat Muhammadiev.Yarim himoyachilar: Sadriddin Abdullaev, Ikromjon Aliboev, Sardor Mirzaev, Kaxi Maxaradze, Diyorjon Turopov, Sherzod Karimov, Igor Yelich, Sanjar Shoahmedov, Sardor Rashidov.Hujumchilar: Marat Bikmaev, Husniddin G'ofurov, Cho Suk Jae, NivaldoQayd etish joizki, “Al Duhail” – “Lokomotiv” bahsi 6 mart kuni Dohadagi “Abdulloh bin Halifa” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv bizning vaqtimiz bilan soat 20:00da start oladi.