LOGOTIPE
Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 00:34
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
« Xabarlarga qaytish
Akrom Komilov: "O'yinni biz boshqardik, ular penaltidan gol urishdi​"
Kecha Toshkentning "Bunyodkor" klubi Superliganing 1-tur uchrashuvini Olmaliqning AGMK jamoasiga qarshi o'tkazdi. Ushbu bahsda tomonlar murosa yo'lini tanlashdi 1:1. Qiziqarli kechgan o'yindan so'ng "qaldirg'ochlar" himoyachisi Akrom Komilov o'z fikrlarini bildirib o'tdi."AGMKga qarshi kechgan o'yin juda ham og'ir bo'ldi. Biz g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Raqib darvozasi oldida ko'plab xavfli vaziyatlar yuzaga keltirdik, ammo ulardan foydalanishda biroz oqsayapmiz. Bu vaqtinchalik holat. Bu o'yinda raqib jamoa futbolchilaridan birortasini alohida ajratib ko'rsata olmayman. O'yinni biz boshqardik, ular penaltidan gol urishdi va 1:1 hisobida uchrashuv yakunlandi. AGMK jamoasi 5 nafar himoyachi bilan o'ynadi. Raqib jamoa himoya chizig'ini yorib o'tishga qiynaldik. Darvozamizga penaltidan gol urib olishganidan so'ng, 10 kishi bo'lib himoyaga yotib olishdi va raqib himoya chizig'ini yorib o'tish undan ham qiyin bo'ldi. Agarda ushbu bahsda mag'lubiyatga uchrasak, keyingi o'yinlar biz uchun juda ham qiyin bo'ladi, deb o'yladim", - deydi Akrom KomilovJahongir Sotvoldiev yozib oldi
« Xabarlarga qaytish