LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 12:57
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
« Xabarlarga qaytish
Do'rmonov endi «Iftixor»da
Abdusamad Do'rmonov so'nggi yillarda bitta jamoada barqaror ishlamayapti. Bunday deyishimizning boisi surxondaryolik murabbiy o'tgan yili «Neftchi»da ishlagandi. Farg'onaliklar bilan xayrlashgach, Abdusamad Chorshanbievichga Pro-liga qatnashchisi Termizning  «Surxon» jamoasidan taklif tushdi. Ammo bu safar ham murabbiyga u erda uzoq vaqt ishlash nasib etmadi. Jamoaga keyinchalik Dilshod Nuraliev bosh murabbiy etib tayinlangach, Do'rmonovlarning to'ng'ichi ham u erdan ketdi. So'ngra ushbu mutaxassisga Farg'onaning «Istiqlol» jamoasidan chorlov bo'ldi va  bu klubda ham ma'lum muddat ishlab yurgani haqida ma'lumotga egamiz. Ammo kecha Oltiariqning «Iftixor» jamoasini bosh murabbiy sifatida Andijonda o'tgan hokim kubogi finaliga olib tushdi. E'tiborlisi ushbu jamoada ish boshlaganiga ko'p vaqt bo'lmagan Abdusamad Do'rmonov hokim kubogi-2018 musobaqasining yakuniga ko'ra, «Eng yaxshi murabbiy» deb topildi.Do'rmonovga yangi jamoasida uzoq vaqt samarali faoliyat yuritishini tilab qolamiz.
« Xabarlarga qaytish