Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 01:46
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
« Xabarlarga qaytish
Prevyu: Bugun "Etixad"da dahshatli o'yin
Angliya Premer-ligasining 29-turida "Manchester Siti" jamoasi "Chelsi"ni qabul qiladi. Pep Gvardiola shogirdlari tezroq chempionlikni rasmiylashtirishni o'ylashmoqda. Buning uchun "shaharliklar" yana 5 uchrashuvda g'alabaga erishishlari kerak. Antonio Konte jamoasi esa faqatgina 3 ochko haqida o'ylamoqda. E'tiboringizga bugungi uchrashuvdan oldingi ma'lumotlarni taqdim etamiz."Manchester Siti"Jamoa ketma-ket bir xil hisobda Liga kubogi finalida hamda APLda "Arsenal"ni mag'lub etdi. Gvardiola jamoasi oldindagi 10 uchrashuvning kamida 5tasida g'alaba qozonishi katta ehtimol. Biroq "shaharliklar" ustozi o'z intervyusida futbolda barcha kutilmagan holatlar bo'lishi mumkinligini tushuntirdi. Agarda jamoa tezroq chempionlikni qo'lga kiritadigan bo'lsa, Pep Gvardiola katta kuchni EChLga tashlashi aniq.Rahim Sterling hamda Kayl Uoker fitnes-testlardan o'tadi. Fabian Delf esa diskvalifikatsiyasini o'tamoqda. Fernandino uchrashuvga qadar tiklanishi kutilmoqda. Benjamen Mendi "Manchester Siti"ga aniq yordam bera olmaydi, u taxminan bir oylardan keyin safga qaytishi kutilmoqda."Chelsi"O'tgan dam olish kunlarida "Chelsi" "Old Trafford"da yaxshi o'yin namoyish etdi. O'yin durangga loyiq edi, biroq yakunda omad "qizil iblislar"ga kulib boqdi. "Aristokratlar"ning ushbu mag'lubiyati juda qimmatga tushdi va turnir jadvalida "Tottenxem"ni o'zlaridan o'tkazib yuborishdi hamda EChLga tegishli bo'lmagan pog'onaga tushib ketishdi. Shanba kuni "shporlar" "Xaddersfild"ni mag'lubiyatga uchratishdi va "Chelsi" bilan oradagi farqni beshtagacha oshirib olishdi. Endi Antonio Konte jamoasi bahsda faqatgina g'alaba haqida o'ylashga majbur.Ross Barkli jarohatidan tiklandi va o'yinga tushishga tayyor. "Chelsi"ning uch futbolchisi - David Luis, Temua Bakayoko hamda Etan Ampadu lazaretda.O'zaro o'yinlar"Manchester Siti" - "Chelsi".APL doirasida: "Siti"da 10 g'alaba, "Chelsi"da 24, durang 7. To'plar farqi: 36-63.Umumiy: "Siti"da 53 g'alaba, "Chelsi"da 64, durang 39. To'plar farqi: 197-218Birinchi davradagi o'yin: 1:0.O'tgan mavsumda "Chelsi" ikki marta "Manchester Siti"ni mag'lub etishni uddaladi. Biroq birinchi davradagi o'yinda Pep Gvardiola shogirdlari kichik hisobda g'alaba qozonishga erishdi.Qiziqarli faktlar- "Manchester Siti" APL doirasida so'nggi 13 uy uchrashuvida kamida ikkitadan to'p kiritgan holda g'alaba qozongan. 2013/14 yilgi mavsumda "Liverpul" ketma-ket 14 uy uchrashuvida bittadan to'p kirita olgandi.- Serxio Aguero  APL doirasida "Chelsi" darvozasiga 5 to'p kiritgan.- "Chelsi" "Manchester Siti"ga qarshi o'tgan so'nggi 8 uchrashuvning ikkitasida mag'lub bo'lgan.- Pep Gvardiola jamoasi 7 marta "Chelsi" bilan kuch sinashgan va bir marta g'alabaga erishgan.Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da start oladi.
« Xabarlarga qaytish