Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:58
Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
« Xabarlarga qaytish
Jezualdu Ferreyra: "Al Sadd"ning o'yin falsafasi juda oddiy - raqibdan ko'ra ko'proq gol u
OChL 3-tur doirasidagi "Nasaf" - "Al Sadd" uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar ustozi Jezualdu Ferreyra hamda futbolchi ishtirok etdi. - OChLda ishtirok etayotganimizdan benihoyatda xursandmiz. Qarshi shahri va stadiondagi maydon holati bizga manzur keldi. Ertaga jamoalar muxlislarbop va qiziqarli uchrashuv bo'lishiga shaxsan menda shubha yo'q. "Al Sadd" "Nasaf"ga qarshi o'yinga jiddiy hozirlik ko'rdi va biz bu bahsga to'liq tayyor holatdamiz", deya gap boshladi "Al Sadd" bosh murabbiyi Jezualdu Ferreyra.- Xavi jarohati sabab Qarshiga kela olmadi. Bu futbol va futbolda jarohatlar uchrab turadi. Ertaga biz qo'l ostimizdagi eng kuchli 11talikni boshlang'ich tarkibga kiritamiz. Jamoamiz faqatgina Xavidan iborat emasliga ertaga guvoh bo'lasizlar.- Chempionatdagi printsipial qarama-qarshilikda alamli tarzda "Al Duxail"ga yutqazib qo'ydik. Bizni yaqin ikki hafta ichida juda zich taqvim kutmoqda. Jamoamiz oldiga doimo har ikkala musobaqada, ya'ni chempionat va OChLda eng yuqori maqsadlar qo'yiladi. To'g'ri, chempionlik to'qnashuvida imkoniyat boy berildi. Va bu tabiiyki OChLga yanada jiddiyroq e'tibor qaratishimizni anglatadi. Garchi o'tgan o'yinda alamli mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda jamoaning ruhiy tomonlama tayyorgarligi ancha yaxshi. Bizning bor e'tiborimiz "Nasaf"ga qarshi bahsga qaratilgan.Jamoamizning falsafasi hech qachon o'zgarmaydi va bu juda oddiy. Biz doimo maydonga tushganda raqibdan ko'ra ko'proq gol urishni eng katta vazifa qilib chiqamiz.Guruh favoriti kim? Ayni paytda "kvartet"da kuchli jamoalar yig'ilishgan va raqobat ancha yuqori. Biz uchun OChL musobaqasi begona emas va biz bu kabi turnirda qanday ishtirok etishni juda yaxshi bilamiz. Ammo hozirgacha qo'lga kiritilgan 6 ochko bizni favorit deb hisoblash uchun etarli emas. Hali barcha kurash oldinda. Biz dastlabki ikkita g'alabadan havolanib ketmasligimiz lozim. "Nasaf"dan ham jiddiy xavf kutish mumkin. Ularda ichki chempionat start oldi va bundan buyog'iga jamoa o'yin amaliyotini oshirib boradi. Bu esa ularni yanada kuchliroq qiyofaga kirishiga ko'maklashadi, chamamda."Al Sadd" futbolchisi Jugurta Hamro: - Ertaga qiziqarli va keskin kurashlarga boy o'yin bo'lishiga shubha yo'q. OChLdagi safar uchrashuvlari doimo o'ta qiyin bo'ladi. Buni biz juda yaxshi tushunib turibmiz. Ammo shunga qaramay biz "Nasaf"ga qarshi bellashuvga tayyormiz. O'zbek futboli haqida afsuski tasavvurga ega emasman. Yagona bilganim, ushbu mamlakatda Sardor Rashidov singari futbolchi to'p tepadi. Uning Qatar chempionatidagi o'yinlarini kuzatganman.
« Xabarlarga qaytish