Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:55
Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
« Xabarlarga qaytish
Andijon viloyat hokimi Kubogi-2018. Bosh sovrin “Andijon”ga nasib etdi
Xabaringiz bo'lsa kerak, 22 fervladan 1 martgacha Andijon shahrida Pro-liga va ikkinchi liga jamoalari o'rtasida “Viloyat hokimi Kubogi-2018” musobaqasi bo'lib o'tdi. Jami 12ta jamoa 4tadan 3ta guruhga bo'lingan xolda, g'oliblik uchun kurash olib bordi. Yakunda musobaqaning final qismida “Andijon” va “Iftixor” jamoalari to'qnash keldi. Kutilganidek, musobaqaning final o'yini keskin va murosasiz tarzda kechdi. Andijon shahrining Sho'rbuloq dahasida joylashgan “FIMI” stadionida o'tgan final juda ham tomoshabop va ko'tarinki ruhda o'tdi. Stadion tribunasi ham deyarli to'ldi. Tashkilotchilik ham yuqori saviyada o'tdi. Unga Andijon viloyati hokimining o'rinbosari Serobiddin Ismoilov ham tashrif buyurib,o'yinni bevosita kuzatib bordi va taqdirlash marosimida sshz olib shaxsan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov nomidan barchani futbol mavsumi boshlanayotgani bilan qutladi va musobaqa qatnashchilarini qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirladi.  O'yinga qisqacha to'xtaladigan bo'lsak, haqiqiy vodiy derbisiga aylanib ketdi. Bu yil o'z oldiga super ligaga chiqishni maqsad qilib qo'ygan “Andijon” tarkibini etakchi ijrochilar bilan shakllantirishga urinmoqda va ular endilikda jamoaviy o'yinni yo'lga qo'yish bo'yicha ishlayotganini ko'rish mumkin. Pro-liga debyutanti Farg'onaning “Iftixor” jamoasi esa asta-sekin tarkibini kuchaytirib borayotgganini bilib olish qiyin emasdi.  O'yin chog'ida jamoalar g'alaba istagida bor kuchlarini ishga soldi. Tabiiyki to'p uchun kurashlarda futbolchilar bir-birlarini ortiqcha ayab o'tirmadi. O'yinni boshqarib borgan hakam Akmal Rahimovga ham shu kuni yaxshigina ish topildi desak mubolag'a bo'lmaydi. Boisi futbolchilarning tortishuvi juda ko'p sodir bo'ldi. Natijada bosh hakam o'z cho'ntagidan nafaqat sariq kartochkalarni chiqarishga balki, 3 bor (!) qizil kartochka chiqarishga qaror qildi.  Birinchi bo'limdayoq “Iftixor”ning tajribali himoyachisi Hasanboy Ergashev maydondan chetlatilgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda “Andijon”ning iqtidorli himoyachisi Xushnud Avilov va “Iftixor” jamoasi sardori Oyatullo Muhiddinov qizil kartochka bilan “siylandi”.  Uchrashuvda Davron Isoqov tommonidan kiritilgan yagona gol yakunda mezbonlarga g'alaba keltirdi. Vaziyatlarning birida “burgutlar” yarim himoyachisi Obid Hakimov raqib jarima maydoni yaqinida to'pni Isoqovga juda qulay tarzda oshirib bergach, Davron raqib posboni Ilhom Jumanovni ojiz qoldirdi. Qizig'i, Davron Isoqov va Ilhom Jumanov o'tgan yili Quvasoyning “Tsementchi” jamoasida birga o'ynagandi.  Uchrashuv yakuniga etgach, musobaqa finalchilari Andijon viloyati futbol federatsiyasining diplom va estalik sovg'alari bilan ham taqdirlandi. Musobaqa tashkilotchilari final o'yinidan kelib chiqib, har bir amplua bo'yicha eng yaxshi futbolchilarni aniqlab, ularga diplom va estalik sovg'alarni ham taqdim etdi. Unga ko'ra, “Eng yaxshi darvozabon” – “Javohir Qilichev (“Andijon”), “Eng yaxshi himoyachi” – Tursunboy Husanov (“Iftixor”), “Eng yaxshi yarim himoyachi” – Ibrohim Otaxonov (“Andijon”), “Eng yaxshi hujumchi” – Saidjon Abdujabborov (“Iftixor”) deb topildi.Shuningdek final o'yinini boshqarib borgan hakamlar guruhi ham tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.  Shu tariqa 2018 yilgi Hokim Kubogi bu safar ham “Andijon” jamoasiga nasib etdi. Musobaqa ko'tarinki ruhda o'tkazildi.   01.03.2018 yil“Andijon viloyat hokimi kubogi-2018”. Final“Andijon” – “Iftixor” 1:0 (0:0).Sho'rbuloq. “FIMI” stadioni.Hakamlar: Akmal Rahimov, Davron Qosimov, Elziyod Isomiddinov, Xushnud Suyunboev.Nazoratchi: Islom Rahimov.Gol: Davron Isoqov, 56.  “Andijon”: Javohir Qilichev, Xushnud Avilov, Qahramon Mahamadjonov, Siroj Hamroev, Ibrohim Otaxonov (S), Shahboz Jumaboev, Eldor Boymatov, Sunnatillo Mamadaliev, Sunnatulla Abdullajonov, Kenja To'raev, Davron Isoqov.Zaxira: Muhiddin Xudoyorov, Abdurasul Komilov, Artur Mamatkazin, Baxtiyor Qosimov, Jahongir Omonov, Obid Hakimov, Ma'ruf Zokirjonov.  “Iftixor”: Ilhom Jumanov, Hasanboy Ergashev, Tursunboy Husanov, Muhiddin Yusupov, Asror Tilavoldiev, Renat Muhametshin, Saidjon Abdujabborov, Orif Mamadjonov, Umid Matmusaev, Asad Ma'murov, Oyatillo Muhitdinov.  Zaxira: Xurshid Muhammadjonov, Ilhom Aliboev, Dilmuhamad Xudoyberdiev, Rafa Luka, Farrux Oxunov, Islom Hoshimov, Jasur Quvvataliev.      Islombek Rustambekov.
« Xabarlarga qaytish