Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:55
Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
« Xabarlarga qaytish
Kasilyas mavsum so'nggida “Portu”ni tark etadi
Portugaliyaning “Portu” klubi darvozaboni Iker Kasilyas joriy mavsum yakunlanganidan so'ng Lissabon jamoasini tark etadi. 30 iyun kuni 36 yoshli ispaniyalik darvozabonning “Portu” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanadi. Klub rahbariyati Iker bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan. “Kasilyas bilan shartnoma 30 iyun kuni yakunlanadi. Uning maoshi juda ham katta. Biz ortiq bunday katta summani to'lay olmaymiz. Kelishuvni aynan shu sabab bilan uzaytirmaymiz. Bu yo'l bilan biz bir necha million evroni tejab qolamiz”, — dedi “Portu” klubi rasmiy vakili Fransisko Markesh.Eslatib o'tamiz, Iker Kasilyas “Portu” sharafini 2015 yildan buyon himoya qilib kelyapti. Lissabon klubiga qadar darvozabonning butun faoliyati Madridning “Real” jamoasida o'tgan edi. 
« Xabarlarga qaytish