Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 06:07
Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
« Xabarlarga qaytish
LegionerUz. “Shanxay SIPG” mavsumni 8 ta gol urish bilan boshladi. Ahmedovda 2 ta golli uzatma bor
2 mart kuni Chin o'lkasida ham yangi futbol mavsumi start oldi. Sizga ma'lumki, bu erda o'zbekistonliklardan Anzur Ismoilov hamda Odil Ahmedov to'p suradi. “Chanchun Yatay”Himoyachi Anzur Ismoilov 2011 yildan buyon 1 ta klub sharafini himoya qilib kelyapti. Aziz Haydarov Amirliklarga qanday moslashib ketgan bo'lsa, Ismoilov o'zi uchun Xitoyni shunday qabul qila oldi, deyish mumkin. Uning jamoasi “Chanchun Yatai” chempionatni “Shanxay Shenxua”ga qarshi o'yin bilan boshladi. O'tgan mavsum Karlos Tevesni olib kelib, katta shov-shuv ko'targan jamoa, o'sha yilning o'zidayoq fantastik summa olayotgan argentinalik hujumchi bilan xayrlashib qo'ya qoldi.“Chanchun Yatay” bilan o'yinda mezbonlar kolumbiyalik Jovanni Moreno, Freddi Guarin hamda paragvaylik Oskar Romero kabi legionerlar xizmatidan foydalandi. Guarin “Inter” va “Portu”dagi faoliyati orqali yaxshi tanish. Mehmonlar safida esa Ismoilovdan tashqari nigeriyalik hujumchi, “Granada” va “Uotford”dagi o'yinlari bilan tanilgan Odion Igalo harakat qildi. Bellashuv 1:1 hisobida yakuniga etdi. 90 daqiqa maydonda bo'lgan Ismoilov o'yinning 11-daqiqasiga kelib ogohlantirish ishlab oldi.  Shanxay Shenxua Oscar Romero - 28' Superliga . 1-tur 02/03/2018, 16:35 1 : 1 Tugadi
« Xabarlarga qaytish